Dunyoning eng qimmat brendlari reytingi e’lon qilindi
Apple dunyodagi eng qimmat brend deb topildi. Kompaniya qiymati 516,6 mlrd dollarga baholangan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda Microsoft hamda Google joylashgan.

Foto: Business Insider
Apple kompaniyasi dunyoning eng qimmat brendlari reytingida o‘tgan yilgi yetakchi – Amazon'ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Britaniyaning Brand Finance konsalting kompaniyasining tadqiqotiga tayanib, Interfaks xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yilda Apple brendi bahosi 74 foizga qimmatlashib, 516,6 mlrd dollarni tashkil qilgan. Microsoft deyarli 78 foizlik (340,4 milliard dollargacha) o‘sishga erishib, to‘rtinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Kuchli uchlikni Google brendi egallagan. U 333,4 mlrd dollarga baholangan. Brend o‘tgan yilda 18,5 foizga qimmatlagan.
O‘tgan yili yetakchi o‘rinni egallab turgan Amazon esa to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘rtinchi o‘ringa tushib ketgan. Brend qiymati 2023 yilda atigi 3,2 foizga o‘sib, 308,9 milliard dollarni tashkil qilgan.
Shuningdek, reytingning yetakchi o‘ntaligidan Samsung (99,4 mlrd dollar), Walmart (96,8 mlrd dollar), TikTok (84,2 mlrd dollar), Facebook (75,7 mlrd dollar), Deutsche Telekom (73,3 mlrd dollar) va ICBC (71,8 mlrd dollar) joy olgan.
Tesla brendining narxi 12 foizga (58,3 mlrd dollargacha) arzonlashdi, buning natijasida u 2023 yildagi to‘qqizinchi o‘rindan darhol o‘n sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Qiymatning eng tez o‘sish sur’atini Nvidia brendi ko‘rsatdi, u o‘tgan yilgi 117-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarildi (163 foiz o‘sish, 44,5 milliard dollargacha), bu sun’iy intellektga asoslangan ishlanmalarga qiziqish ortishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid

16:56 / 02.07.2025
Dunyodagi eng mashhur avtomobil brendi nomi ma’lum bo‘ldi

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025