19:02 / 02.02.2024
3474

IIO xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektoriga qo‘shimcha vakolat berildi 

Jumladan, inspektorga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi. 

Foto: Kun.uz

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi. 

Unga ko‘ra, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlikda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berildi. 

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berildi.

Ma’muriy javobgarlik, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor

Top