Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unicom Distribution kompaniyasining Sleepy brendi Toshkentdagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Unicom Distribution kompaniyasining Sleepy brendi Toshkentdagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Unicom Distribution kompaniyasi Toshkent shahri va viloyatida faoliyat yurituvchi “Nazokat” bolalar massaj markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda rasmiy hamkorlik haqidagi sertifikat topshirildi.
30 yillik tajribaga ega Unicom Distribution kompaniyasi o‘z faoliyati mobaynida 20 dan ortiq xalqaro brendlar bilan birga ishlaydi. Sleepy brendi bilan hamkorlikni esa 2016 yildan beri davom ettirib kelmoqda.
“Toshkent shahri bo‘yicha 12 ta bolalar massaj markazlarimiz bor, o‘zim bo‘lajak osteopat shifokorman. 24 yildan beri shu sohadaman. Sleepy’ni tanlashimga sabab onalar bolalarini massajga olib kelishganda ularning har bir shikoyatlarini, maslahatlarini so‘raymiz. Surishtirganimizda Sleepy mahsulotlari asosan paxta va bambukdan tayyorlangan ekan va shuning uchun bolalarga allergiya bermas ekan”, - dedi bolalar massaj markazi rahbari Nazokat Mirqodirova.
Kompaniya marketing bo‘limi rahbari Eldor Qurbonovning ta’kidlashicha, brend mahsulotlarini aholiga taqdim etishdan maqsad – aholi salomatligi uchun hissa qo‘shish:
“Kompaniyamiz 2016 yilning 2-choragida Turkiyaning 1-raqamli gigiyenik vositalari bo‘lgan Sleepy brendining eksklyuziv dileriga aylandi va bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozoriga olib kirdi. Hozirda Sleepy brendi ostida bolalar va kattalar tagliklari, gigiyenik vositalar va O‘zbekistonda yagona bo‘lgan sirkali nam salfetkalar ishlab chiqariladi. Brendning ustun tarafi- mahsulotlar toza bambukdan va organik paxtadan foydalangan holda ishlab chiqariladi.
Maqsadimiz – faqat mahsulot sotish emas, balki O‘zbekistonga sifatli va hamyonbop mahsulotlarni olib kirgan holda hayot sifatini va insonlar salomatligini yaxshilash. Bu bolalar salomatligi uchun muhim bo‘lgani sababli aynan shu mahsulotlarni olib kirganmiz va buning barchasi kelajak avlod va xalqimiz uchun”, - dedi u.
Unicom Distribution 2023 yilda Toshkentda o‘z hamkor kompaniyalar mahsulotlarini taqdim etuvchi ilk do‘konni ishga tushirdi. 2024–2025-yillarda esa bu tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida butun O‘zbekiston bo‘ylab franshiza berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kompaniya o‘tgan yilda bir qator marketpleyslar, shu jumladan Uzum market va Sello internet do‘konlari hamda bolalar sog‘lomlashtirish markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Mijozlarga qulaylik yaratish va o‘z mahsulotlarini xalqimiz xonadonlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish uchun Holdis internet do‘konini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Unicom Distribution instagram : www.instagram.com/unicom_uzbekistan
Telefon: +998 78 113 92 00
Sleepy instagram: www.instagram.com/sleepy_uzbekistan
Telefon: +998 78 113 91 00
Reklama