Angrenda suv ta’minoti tizimiga noqonuniy ulangan korxona 830 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
![](https://storage.kun.uz/source/10/_4OWA7w7Fgr5lZb46Zx9mbzV3KEDqRPa.jpg)
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent viloyati Angren shahrida markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimiga noqonuniy ulangan MChJ aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan «Toshkent suv ta’minoti» MChJ shahar filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. «Ch.S.» MChJ mas’ul shaxslari markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimiga suvni hisobga olish uskunalarini o‘rnatmasdan o‘zboshimchalik bilan ulanib, foydalanib kelgani natijasida «Toshkent suv ta’minoti» MChJ manfaatlariga jami 831,6 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/9uHfexPBlV_2DqyJu7nc43EJKwEkBjHZ_medium.jpg)
21:04 / 27.06.2024
Gulistonda suv ta’minoti xodimi halok bo‘lgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/fPAayJ4MFcGMqQRWMA7D_-B85XznTYWA_medium.jpg)
16:28 / 27.06.2024
“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib zaharlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/RYE7pKxAR-FB_pXUkvxiD-Uj4JCdEbVt_medium.jpg)
15:21 / 19.05.2024
Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/1nEzj_qDGJULXQzyCZMsv-o6VkEW_g1p_medium.jpg)
14:11 / 21.04.2024