Ijtimoiy tarmoqlarda 7 ta yuk vagoni relsdan çiqib ketgani haqidagi video tarqaldi. «Özbekiston temiryöllari» holat yuzasidan izoh berdi.
Unga köra, voqea 2024 yil 18 may kuni «Özbekiston temiryöllari» AJga emas, balki «Çirçiq savdo baraka» MÇJga tegişli bölgan şoxobça temiryölida sodir bölgan. BN Grain and oil group MÇJ xodimlari vagonlardan yuk tuşiriş vaqtida temiryöl qurilmasi «lebyodka» işlaş texnologiyasiga rioya qilmagan.
Mazkur yuk vagonlarini tuşiriş vaqtida yuqoridagi taşkilot xodimlari lebyodka yordamida (kerakli texnikaga rioya qilmasdan) vagonlarni tortib olişga uringan, qurilmadan tros uzilib, vagonlar harakatlana boşlagan.
Vaziyat davomida BN Grain and oil group MÇJ xodimlari vagonlar harakatini töxtatişga urinib körgan va natijada ikkita vagon ğildiraklaridan butunlay çiqib ketgan, yana beşta vagon yon tomonga ağdarilib ketgan.
Hodisaning sababi qöşimça qurilma — «lebyodka» yordamida işlaş texnologiyasining buzilişi sifatida aniqlandi.
- «Lebyodka» — temiryöl vagonlarining omborlar va binolar yaqinidagi yuklaş va tuşiriş joylarida harakatlanişi uçun möljallangan.
















