Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izyumdagi vayronalar va Baxmut atrofidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 711-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina telemarafoni efirida Abrams tanki namoyish etildi — Donetsk yaqinidagi Avdiyivkadagi vaziyat haqidagi syujyetda. Bungacha ushbu texnikadan frontda foydalanilayotgani fakti yo‘q edi. Ukraina QK AQShdan 2023 yil oktyabrida Abrams rusumli 31 ta tank olgandi.
- Volodimir Zelenskiy Zaporijjya oblastida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi doirasida 2023 yil avgustida ozod etilgan Rabotine qishlog‘iga keldi. U mintaqadagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan, shuningdek Ukraina QK komandirlari bilan muhim infratuzilmalar va mudofaa-sanoat komplekslari obektlari himoyasi masalasini muhokama qilgan.
- Ushbu tashrif ortidan Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari o‘zgargan, bu lavozimda 2023 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Yuriy Malashko o‘rniga Rossiya qo‘shini tomonidan ishg‘ol etilgan Melitopol shahrining sobiq meri Ivan Fedorov tayinlangan.
- Lisichanskdagi novvoyxonaga 3 fevral kuni yo‘llangan zarba oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida — Kreml tomonidan LXR favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan Aleksey Poteleshchenko ham bor.
- RIA Novosti xabariga ko‘ra, Davlat dumasining sobiq deputati Ilya Ponomaryovga qarshi bir necha jinoiy ish ochilgan — jumladan davlatga xiyonat va terrorga chorlov bo‘yicha ham.
- The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Rossiyada 2023 yilda sanksiyalar fonida aviahodisalar soni ikki barobar oshgan — 36 martadan 74 martaga.
Vayron bo‘lgan Izyum
Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Izyum shahrini 2022 yil 1 aprelida egallab olgandi — ular shahardan Donbassga shimoldan yurish qilishda asosiy platsdarm sifatida foydalanishni rejalashtirgandi. O‘sha yilning sentabr oyi boshida esa Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblastida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qarshi hujum doirasida Izyumni ozod etishadi.
Keng ko‘lamli urush boshidan buyon Izyumda besh mingdan ortiq xususiy uylar va 120 ta ko‘p kvartirali uylar qisman shikastlangan yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Rossiya bosqiniga qadar 45 ming kishi yashagan Izyumda hozirda taxminan 27 ming kishi qolgan (shundan qariyb 3 ming nafari — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar).






Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images


Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38 / 16.07.2025