Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa Kiyev uçun Amerika qurollarini sotib olişi mumkinligini aytganidan keyin Vaşington Ukrainaga qurol yetkazib beriş böyiça «yukni bölişişi» kerak, deb hisoblaydi. 15 iyul, seşanba kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining yiğilişidan söng Yevropa Ittifoqi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili: «Biz prezident Trampning Ukrainaga katta miqdordagi qurol-yaroğ yetkazib beriş haqidagi bayonotini olqişlaymiz, ammo AQŞ yukni bölişişini xohlaymiz», dedi. AFP agentligi xabariga köra, Kallas: «Agar siz qurol berişga va’da bersangizu, lekin ular uçun pulni boşqa birov tölaydi, desangiz, aslida siz ularni ta’minlamayapsiz», dedi.

14 iyul kuni Donald Tramp Rossiyaga Ukraina bilan uruşni tugatiş uçun 50 kun vaqt berayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, agar bu amalga oşmasa, Qöşma Ştatlar Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foizlik ikkilamçi tariflarni joriy qiladi. Bundan taşqari, Oq uy rahbari tez orada Yevropa davlatlari bilan birgalikda Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan Patriot qurilmalari hamda köp sonli qurol-yaroğ va boşqa harbiy texnika yetkazib berişga va’da berdi.

Tramp NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan birgalikda Şimoliy Atlantika alyansining Yevropa a’zolari AQŞdan milliardlab dollarlik qurol sotib olib, söng Ukrainaga yetkazib beriş böyiça kelişuvni ham taqdim etdi.

Bir qator Yevropa davlatlari, xususan, Germaniya, Daniya, Şvetsiya va Niderlandiya zudlik bilan Amerikaning yangi dasturida iştirok etişga tayyorligini bildirdi. Şu tariqa, Germaniya kansleri Fridrix Mers Trampning Yevropa davlatlari hisobiga Ukrainani qurol-yaroğ bilan ta’minlaş ğoyasini yuqori baholadi. «Prezident Tramp bugun muhim taşabbus bilan çiqdi: Qöşma Ştatlar Ukrainaga, agar buni yevropalik hamkorlar moliyalaştirsa, katta miqdorda qurol-yaroğ beradi», — deb yozgan Mers.