Köplab kasalliklarga olib kelişi aytiladigan şakar aynan qaysi jihati bilan zararli? Uning foydasi köproqmi yoki zarari? Kun.uzʼning yangi «Argument» loyihasi ilk sonida mutaxassislar şakar va şirinliklar atrofida aylanuvçi qator savollarga javob berdi.

«Argument» loyihasining ilk mavzusi şakarga bağişlandi. Unda oliy toifali endokrinolog Aziza Yunusova va diyetolog şifokor Feruz Yigitaliyev şakar atrofidagi bahs-munozaralar haqida fikr yuritdi.

Odam nega şakarga boğlanib qoladi?

Aziza Yunusova: — Şakar insonlarni öziga tobe qilib qöyadi. Şakarsiz mahsulot yeganda til orqali retseptorlar özgaça qabul qiladi. Şu sababli oziq-ovqat mahsulotlarining deyarli barçasida şakar bor.

Inson asosan uç xil mahsulotni qabul qilişi kerak, bular organizmda quriliş mahsulotlar: uglevod, oqsil, yoğ. Uglevod esa şakarda böladi, uglevod energiya paydo bölişi, boş miya fikrlaşi, işlaşi, çarçoq yöqolişi, yurak işlaşi uçun kerak böladi. Lekin me’yor bölişi lozim. Me’yordan ortiqça uglevod jigar orqali yiğilib, yoğga aylanadi. Qança köp şakar yeyilsa, şunça semiriş, yoğ yiğilişi paydo böladi.

Şakarning kunlik iste’mol miqdori

Feruz Yigitaliyev: — Bir paytlar JSST şakar kunlik şakar miqdori 30 gr bölişi kerak degandi. Lekin tana vaznlari, yoş farqi bor, nega bir xil degan e’tiroz bölgaç, qayta işlanib, şakar miqdori odamga kerakli kunlik kaloriyaning 10 foizidan olmasligi kerak deyildi. 10 foiz – 160 kkal böladi, bu esa 40 gramm şakarga töğri keladi, ya’ni bu örta yoşli örtaça vaznli odam uçun. Kerakli kaloriya ham yoş va vaznga köra özgaradi, şunga qarab kaloriyaning 10 foizini şakar qiliş mumkin.

Aziza Yunusova: — Menimça, umuman şakar mahsulotini qabul qiliş kerak emas. Novvot, şakar, asal kabilar biz aniq biladigan uglevodlar, lekin mevalarda, ovqatda, içimliklarda uglevodlar bor. Şakarsiz mahsulotni topiş qiyin özi. Köpçilik olayotgan mahsulotining tarkibini körmaydi ham.

Ilgari odamlar şakar iste’mol qilgan va bu zarar qilmagan, çunki ular faol jismoniy mehnat qilgan, ya’ni sarflayotgan energiyasiga yaraşa bölgan bu. Lekin hozir bunday emas. Biz qança köp ortiqça energiya iste’mol qilsak, şunça köp kasallik paydo böladi.