Köçatlar nima sababdan quriydi, ularni qanday ekiş kerak özi? – mutaxassis bunga javob berdi
|22:50 / 01.03.202537 44613 min
Özbekistonda fevral oxiri va mart oyi boşidan tomorqa hamda boğlarga yangi nihollar ekiş boşlanadi. Bu davrda yomğirlar köp yoğişi va quyoş çaraqlab turişiga qaramay ayrim köçatlar nobud böladi. Xöş, ular nima sababdan qurib qoladi? Ekiş jarayonida qaysi omillar hisobga olinişi kerak? Kun.uz muxbiri şu kabi savollarga javob oliş uçun akademik M.Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Alijon Esonqulov bilan suhbatlaşdi.
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
Qaysi omillar köçatning ösişdan töxtaşiga sabab böladi?
Köçatlarning quriş sabablari biologik, agrotexnik, ekologik va patogen faktorlar bilan uzviy boğliq. Taşiş va sotiş jarayonlarida köçatlar ildiz qismi sovuq havo, quyoş nuri hamda şamoldan zararlanib, ekilganidan söng kökarmasligi mumkin.
Yangi nihollar fotosintez jarayoni uçun köproq quyoş nurini talab qiladi. Yoruğlikning kamligi fotosintezni sustlaştiradi va ösişni sekinlaştiradi. Meva köçatlari yaxşi ösişi uçun unga kuniga kamida 6-8 soat töğridan-töğri quyoş nuri tuşişi kerak. Masalan, olma, gilos va şaftoli daraxtlari quyoşli joyda yaxşi ösadi va yoruğlik yetarli bölişi meva beriş uçun zarur quvvatni töplaşga kömaklaşadi.
Biroq ortiqça quyoş nuri nihol hujayralarida suv yöqotiş jarayonini tezlaştiradi. Kaliforniya qişloq xöjaligi va tabiiy resurslar universiteti tomonidan ötkazilgan tadqiqotlarda suvsizlaniş nihollarning qurişiga asosiy sabab sifatida körsatilgan.
Şuningdek, suğorişning ortiqça bölişi ham ildizlarda kislorod yetişmovçiligini keltirib çiqaradi va çiriş jarayonini tezlaştiradi. Tuproq taxminan 5-10 sm çuqurlikda nam bölsa, bu yetarli suğorilganlikni körsatadi, quruqroq bölsa, köçatga qöşimça suv quyiş kerak. Suğorişdan keyin tuproqning suvni qançalik tez yutişini kuzatiş zarur, agar suv tez singib ketsa va yer yana quruqroq körinadigan bölsa, köproq suğoriş talab etiladi. Köçatning barglari sölib yoki tuşib qolsa, bu ildizga yetarli miqdorda suv yetib bormayotganining belgisi bölişi mumkin. Tuproq namligini ölçaş uçun maxsus asboblar ham mavjud. Uşbu qurilmalar tuproqning namlik darajasini aniq körsatib, qança suğoriş kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Yerning fizik-kimyoviy xususiyatlari nihollar ösişida hal qiluvçi ahamiyatga ega. Xususan, yangi köçatlar havodor va yaxşi drenajlangan tuproqda qulay örnaşadi. Tuproqning yengil va qumli tuzilişi ildizlarning yer ostida çuqurroq va kengroq joylaşişiga imkon yaratadi. Suv ötkazmaydigan yoki saz tuzilişdagi(yopişqoq) tuproqlar ildizlar zararlanişini tezlaştiradi.
Nihollar ekilgandan keyin birinçi haftadagi harorat balansi ularning ösişida muhim sanaladi. Haddan taşqari issiq yoki sovuq havo ham köçatlarning qurişiga sabab böladi. Masalan, 10°C dan past va 35°C dan yuqori harorat nihollarda stress holatini keltirib çiqaradi. Bu köçatlarning fiziologik va biologik jarayonida buzilişlar yuzaga kelişi bölib, uning natijasida nihollar ösişi sekinlaşişi, hujayra strukturasi özgarişi va qurib qolişi mumkin.
Mavzuga oid
Şuningdek, ekiş jarayonida ildiz tizimiga yetkazilgan şikastlanişlar niholning suv va ozuqaviy moddalarni singdiriş qobiliyatini susaytiradi. Azot (N), fosfor (P) va kaliy (K) kabi asosiy elementlar yetişmovçiligi ösişning töxtaşi va qurişga olib keladi. Masalan, azot yetişmovçiligi barglarning sariqlaşişi va qurişini hosil qiladi. Ilmiy tadqiqotlar şuni körsatadiki, suğoriş va tuproq tanlovini töğri amalga oşiriş, iqlim şaroitini hisobga oliş, yetarli yoruğlik va ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaş nihollar qurişini kamaytiradi.
Ildiz tizimi bilan boğliq qanday muammolar köçatni ösişdan töxtatadi?
Nihollarning ildiz tizimi bilan boğliq holat ösimlikning rivojlanişi va undan olinadigan hosilga katta ta’sir körsatadi. Ildizlar zaif, mayda yoki zararlangan bölsa, suv va oziqa moddalarini yetarli darajada qabul qila olmaydi, bu esa ösişga tösiq böladi. Oqibatda ösimlik zaiflaşadi va hosil kamayadi.
Tuproq ostida suv köp töplanişi kislota va kislota moddalarining konsentratsiyasi oşişiga sabab böladi. Bu, öz navbatida, ildizlarning kislotaga çidamsizligi va zaiflaşuvini keltirib çiqaradi. Tuproq bölaklari keragidan ortiq katta yoki mayda bölişi ham ildizlar uçun muammo tuğdiradi. Tuproq katta bölaklarga bölingan bölsa, ösayotgan ildizlarning yer ostida joy topişi murakkablaşadi. Mayda tuproqlarda esa suvni yaxşi saqlab turiş qiyin böladi va ildizlar ortiqça suv yoki kislotaga çidamsizlaşib, zararlanadi. Bundan taşqari, köçatlar ziç ekilib, ildizlar töqnaşsa, bir-birining ösişiga tösqinlik qiladi.
Nihollarni ekiş uçun tuproq qanday tayyorlanişi lozim? (tarkibiga göng yoki mineral öğitlar qöşiş şartmi?)
Kuzda köçat ekiş uçun tanlab olingan maydon plantaj plugi bilan 50-60 sm çuqurlikda haydalgan bölişi kerak. Yer ağdarilmagan bölsa, bahorda 35-40 sm çuqurlikda işlov berilib, tekislanadi va köçat ekiş uçun reja tortiladi. Köçatlarni ekiş uçun reja tortişda quyidagi sxemalardan foydalaniş tavsiya etiladi:
• Pakana payvandtagga ulangan olma köçatlari uçun 3,5×2,5 m, örta ösuvçi olma uçun 3,5×3 m, MM-106 payvandtagga ulangan olma köçatlari uçun 6×4 m va 6×5 m;
• Nok uçun 3,5×2 m, örta ösuvçi nok uçun 3,5×2,5 m;
• Şaftoli köçatlari uçun 3×3 m yoki 4×4 m;
• Gilos köçatlari uçun 3×2,5 m yoki 4×3 m;
• Örik köçatlari uçun 4×3 m;
• Anor köçatlari uçun 3,5×3 m yoki 4×4 m;
• Bodom uçun 4×3 m yoki 4×4 m;.
• Yonğoq köçatlari uçun 5×4 m masofalik sxemada ekiş lozim.
Köçatning turi va uning ösiş xususiyatlariga qarab orasidagi masofa va qator uzunligi belgilanadi. Masalan, ba’zi köçatlar keng ösadi, boşqalari esa uzun va baland böladi.
Tuproqni boyitiş uçun göng va mineral öğitlardan foydalaniş talab qilinadi. Organik göng tuproqni vodorod ionlari, azot va fosfor moddalari bilan ta’minlaydi. Tarkibni boyitişda göng töğri miqdorda qöşilişi lozim. Ortiqça göng ildizlarning zararlanişi yoki köçatlarning yaxşi ösmasligiga sabab bölişi mumkin. Tuproqni mineral moddalar bilan boyitiş zaruruti tuğilsa, azotli, fosforli va kaliyli öğitlardan töğri miqdorda foydalaniş tavsiya etiladi.
Tuproqda kislota darajasi yuqori bölsa, uni pastlatiş uçun dolomitli öğitlar (CaMg(CO₃)₂) qöşiş mumkin.
Köçatni ekişdan oldin ularni maxsus eritmalarda saqlaş yoki ildizlarini kuçaytiriş usullari bormi?
Ekişdan oldin ildizlarni mustahkamlaş uçun köçatlar şatmoqqa botiriladi. Şatmoq tayyorlaşda yangi mol göngi va tuproqni 1:1 nisbatda aralaştirib, qaymoqsimon holga keltiriladi. Bu kombinatsiya köçatning ildiz tizimi töğri rivojlanişiga yordam beradi. Göngning organik moddalarga boyligi ildizlarning tez va soğlom ösişini ta’minlaydi.
Köçatlarni ekişdan oldin ildiz tizimini mustahkamlaş va yangi muhitga moslaşişini osonlaştiriş uçun maxsus eritmalardan foydalaniş samarali usuldir. Buning uçun gibberellik kislotasi yoki Indol-3-sirka kislotasi kabi stimulyatorlarni işlatiş mumkin. Gibberellik kislotasi (GA₃) ösimliklarning ösişini tezlaştiriş, ildiz tizimi va yuqori qismlarining rivojlanişini kuçaytiriş uçun işlatiladi. Indol-3-sirka kislotasi (Indole-3-acetic acid, IAA) tabiiy ildiz gormoni bölib, undan ösimliklar ildizining ösişi uçun stimulyator sifatida foydalaniş mumkin. Köçatlarni 1-2 soat davomida eritmaga botirib, keyin töğri tanlangan maydonga ötkaziş lozim.
Nihollarni qanday çuqurlikda ekiş kerak?
Köçat ekiş uçun çuqurlik va kenglik 60×60 sm bölişi kerak. Çuqur qazişda tuproqning ustki 20-25 sm qismi bir tomonga, çuqurning qolgan qismi esa ikkinçi tomonga olib qöyiladi. Bu köçat ildizlarining töğri joylaşişi va yaxşi ösişi uçun muhim.
Köçat ekişdan oldin çuqurga 350-400 g fosforli öğit, 30-40 g kaliy öğiti va 8-10 kg çirigan göng solib, tuproq bilan aralaştiriladi. Bu oziq moddalar ildizlarning tez va soğlom rivojlanişiga yordam beradi. Köçat ekilganidan söng har bir çuqurga töldirib suv quyiladi. Bu usul tuproqni ziçlaştirib, ildizlar atrofidagi havo böşliqlarini yöqotadi va köçatning suvni yaxşi özlaştirişini ta’minlaydi. Suğoriş namlikni barqarorlaştirişi natijasida köçat tez rivojlanadi. Tuproq çökkandan söng köçat atrofiga qöşimça tuproq solinib, töldiriladi. Bu ildizlarni himoya qiladi, havo hamda suv bilan ta’minlaydi. Tuproq töğri töldirilganda, köçat soğlom va mustahkam ösadi. Tuproq namligini saqlaş uçun uning yuzasini mulç (çöp, koğoz yoki pöstloq) bilan yopiş tavsiya etiladi. Bu usul suv tez buğlanişining oldini oladi va ildiz tizimining yaxşi rivojlanişiga yordam beradi.
Köçat ekişda muhim qoidalar:
Köçatni çuqurga töğri joylaştiriş: Ildizlar erkin yoyilişini ta’minlaş uçun avval olingan tuproqning bir qismi çuqur tagiga solinadi.
Payvand qilingan joy: Köçat payvand qilingan qismi tuproq sathidan 4-5 sm yuqorida bölişi kerak. Bu ildiz tizimining kuçli rivojlanişiga yordam beradi.
Balandlik darajasi: Pakana va yarim pakana payvandtaglarga ekilgan köçatlar yer sathidan 2-3 sm yuqorida joylaşişi lozim. Agar çuqur ekilsa, ildiz nav paydo bölişi keçikadi va köçat rivojlanişi sekinlaşadi.
Nihollar ekilgandan keyin dastlabki haftalarda suğoriş qanday bölişi lozim?
Yangi ekilgan köçatlarning ilk davrda suv bilan ta’minlanişiga katta e’tibor beriş zarur. Tomçilatib suğoriş tizimi işga tuşmagan bölsa, köçatlar töliq kökarib ketişi uçun uning atrofidan aylana şaklda ariq yoki yölakça oçib, agat tölgunça suv quyiş kerak. Agar ariq orqali suğoriş amalga oşirilsa, suvni aylantirib ötkazib, köçat atrofini töldiriş lozim.
Ob-havo va tuproq şaroitiga qarab, yoş boğlarga yil davomida 12-20 marotabagaça suv berilişi mumkin. Suğorişdan söng köçat atrofi qatqaloq bölib qolmasligi uçun 10-12 sm çuqurlikda tuproqni yumşatib turiş kerak.
Tomçilatib suğoriş mevali köçatlarning töliq kökarişiga yordam beradi va bu jarayonda suv sarfi 45-50% ga tejaladi.
Mevali boğlarni suğorişda eng yaxşi vaqt – tong va keçki paytlar. Bu vaqtda suğoriş ösimliklarni stress holatlardan asraydi va yuqori hosil oliş imkonini beradi.
Boğlarni turli zamburuğli kasalliklardan himoya qiliş uçun daraxtlarga töğri şakl beriş, me’yorida öğitlaş va suğoriş, şuningdek, tanasini oqlaş kabi agrotexnik işlar amalga oşiriladi.
Özbekistonning tuproq-iqlim şaroitini hisobga olgan holda hududlarda ekiş usullari qanday farqlanadi?
Mevali köçatlarning yerda ildiz otib, kökarişida ularning iqlim va tuproq şaroitlariga mos kelişi muhimdir.
Çöl va yarim çöl mintaqalar: Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlarida yonğoq, bodom va anor kabi quruq va issiq şaroitlarga çidamli daraxtlar yaxşi ösadi. Bu kabi hududlarda tomçilatib suğoriş usulidan foydalaniş, har bir daraxt tagiga haftasiga 10-20 litr suv quyiş tavsiya etiladi, suv miqdori ösimlikning yoşi va holatiga qarab özgarişi mumkin. Tuproqni fosfor va kaliyga boy öğitlar bilan boyitiş ösimliklarning qurğoqçil şaroitlariga moslaşişiga yordam beradi.
Toğli hududlar: Samarqand, Toşkent va Jizzax viloyatlarida olma, gilos va örik kabi sovuqqa çidamli va yuqori namlikka moslaşgan daraxtlar yaxşi kökaradi. Mazkur viloyatlarning janubiy yonbağirlarida köçatlarni ekiş, nihol qadalgan tuproqni kompost, gumus kabi organik moddalar bilan boyitiş, şuningdek, azotli öğitlardan foydalaniş ösimliklarning ösiş va meva beriş samaradorligini oşiradi. Uşbu mintaqalarda suv köproq bölgani uçun daraxtlarni haftasiga 20-30 litr atrofida suğorsa böladi.
Vodiy va daryo böyi hududlari: Farğona, Andijon va Namangan viloyatlarida şaftoli, anor, tut kabi köçatlarni ekiş maslahat beriladi. Daraxtlar unumdor bölişi uçun tuproqni drenajlaş, kaliy va fosforga boy öğitlar bilan oziqlantiriş, muntazam ravişda tuproqni organik moddalar bilan boyitib turiş zarur. Bu hududlardagi tuproqlar namlikni yaxşi saqlaydi, şu sabab daraxtlarni haftasiga 15-25 litr suv bilan suğoriş maqsadga muvofiq. Yoz oylarida suv miqdorini biroz oşiriş mumkin.
Daşt va örmon-daşt mintaqalari: Toşkent şahri, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlarida olma, yonğoq, gilos kabi örtaça namlik va haroratga mos keladigan daraxtlarni ekiş mumkin. Bu turdagi yerlarda nihollarni suğoriş va oziqlaniş tizimini samarali taşkil qilişga kuçliroq e’tibor qaratiş tavsiya qilinadi. Mazkur mintaqada namlik örtaça bölgani uçun daraxtlarni haftasiga 20-30 litr suv bilan suğoriş yaxşi natija beradi. Tuproqqa barça muhim minerallarni öz içiga olgan murakkab öğitlar qöşiş foydali böladi.
Mevali daraxtlarni ekişda xar bir nihol ösib rivojlanganidan söng bir-biriga soya-salqin bermasligiga e’tibor qaratiş kerak. Anor va anjir mevalarini respublika iqlim şaroitidan kelib çiqqan holda 450 burçak ostida ekiş lozim, bu kuz mavsumida (noyabr oylarida) köçatlarni kömişga qulaylik yaratadi.