Ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga oid xalqchil materiallar tayyorlanadi
Mutasaddilarga “maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish topshirildi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilib, ularning zararli ta’siridan himoyalash va ijobiy tomonidan foydalanish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarga sodda tilda qo‘llanmalar yaratish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, maktabga moslashish va kitobni sevishga o‘rgatish, yaxshi xulqli bo‘lish, atrofidagilar bilan muloqot qilishni o‘rganish va bilim olishga kuchli ishtiyoqni shakllantirish, kasb tanlash, jamiyatga moslashish, katta hayotga qadam qo‘yishda farzandlarga qanday yo‘l-yo‘riq berish zarur, degan savollar yuzasidan ota-onalar uchun xalqchil tilda materiallar tayyorlanadigan bo‘ldi.
“Yuqorida aytilgan tashabbuslar amaliyotda yo‘lga qo‘yilsa, ota-onada mas’uliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, ta’lim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, majlisda professional va oliy ta’limdagi masalalar ham muhokama qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirmoqda. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelmoqda.
“Dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar ham qamrab olinmagan. Vazirliklar o‘zlariga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli yo‘lga qo‘yilishi, ulardagi quvvatlar 100 foizga ishlatilishi kerak”, – dedi Mirziyoyev.
Qurilish vazirligida 13 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 9 ta, Veterinariya qo‘mitasidagi 5 ta kollej va texnikumda malakali amaliyotchi ustalarni ko‘paytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Qolaversa, bu kabi kamchiliklar oliy ta’limda ham mavjudligi, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermasligi ham tan olindi.
Davlat rahbari ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tgani, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarurligini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yili 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi, yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak bo‘ladi.
“Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti. Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim”, – dedi u.
Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
01:17 / 27.11.2024
Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
15:32 / 22.11.2024
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi
10:53 / 16.11.2024