Xorazmda 81 tup daraxtni kesgan fermerga jinoyat ishi ochildi
Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 618,1 mln so‘m ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Ekologiya vazirligi
Xorazm viloyati, Gurlan tumanida joylashgan «X.O.» fermer xo‘jaligi rahbari 81 tup daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, fermer xo‘jaligi rahbari N.X. tomonidan tabiiy holda o‘suvchi, biologik sog‘lom 81 tup turong‘il daraxti noqonuniy kesilgan. Oqibatda, tabiatga 618,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbariga Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda bo‘yicha javobgarlik BHM 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid

15:05 / 30.04.2025
Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi

13:36 / 29.04.2025
O‘zbekistonda Ekologiya kodeksi qabul qilinadi

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

16:55 / 08.04.2025