Aloqabankning Zoomrad ilovasida yuzaga kelgan muammo 4 kun o‘tib ham yechilmagan
O‘tgan hafta so‘ngida Aloqabank mobil ilovasidagi ayrim operatsiyalarni amalga oshirishda uzilishlar kuzatilgan. Mijozlarning pul o‘tkazmalari «havoda osilib» qolgan. Ana shunday mijozlardan biri bankning bosh ofisiga shaxsan borib ham muammosiga yechim topa olmagan.
Joriy yil 2 fevral – juma kuni yakuniga borib Aloqabankning Zoomrad mobil ilovasidagi ayrim operatsiyalarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kela boshlagan. Oqibatda mijozlarning pul o‘tkazmalariga oid ayrim operatsiyalar yakuniga yetmay qolgan.
Kun.uzʼga murojaat qilgan fuqarolardan birining ma’lum qilishicha, 4 sutkadan beri uning konvertatsiya bilan bog‘liq muammosi hal etilmagan. Bankning bosh ofisiga borganda esa, bank xodimi muammoni hal qilish o‘rniga, koll-markazga telefon qilishni “tavsiya qilgan”.
«2 fevral – juma kuni Zoomrad mobil ilovasi orqali 6 mln 980 ming 400 so‘m pulimni dollarga aylantirmoqchi bo‘lib, kerakli amaliyotni amalga oshirdim, shu zahotiyoq mening so‘m kartamdan pul yechib olindi, ammo xorijiy valuta kartamga pul tushmadi. Ertasi (shanba kuni)ga bankning 71-230-77-77 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib so‘raganimda, pul kechgacha tushushini aytishdi. Yakshanba va dushanba kunlari ham kutdim, lekin natija bo‘lmadi. 6 fevral, seshanba kuni bankning bosh ofisiga bordim, u yerda muammoni hal qilishni yechimi sifatida 71-230-77-77 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishim kerakligini aytishdi. Bank xodimi uzilishlar bo‘lganini tan oldi va menga o‘xshagan mijozlar ko‘pligiga urg‘u berib, tez orada nosozlik bartaraf qilinadi dedi, lekin mana to‘rtinchi sutka ham o‘tdiki, puldan darak yo‘q», deydi kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan bank mijozi.
Ma’lumot uchun, mobil ilovaning o‘zida 2 fevral kuni berilgan xabarda 3 fevral (shanba) kuni 00:00 dan 6:00 gacha texnik ishlar olib borilishi aytilgan. Kun.uz’ga bank axborot xizmatining 3 fevral kuni bergan izohiga ko‘ra, ilovadagi barcha nosozlik shanba kuni to‘liq bartaraf etilishi kerak edi.
«Zoomrad ilovasida uzilishlar bo‘layotganining sababi texnik ishlar olib borilayotgani bilan bog‘liq. Biz ilovamiz yanada qulay va tezroq ishlashi uchun unga yangi funksiyalarni kirityapmiz. Serverlarimizni kuchaytiryapmiz.
Dam olish kunlari barcha mijozlarimizga ijtimoiy tarmoqlar va ilova orqali texnik ishlar olib borilishi borasida xabar berdik. Qisman, qaysidir mijozlarimizda ilovaning ayrim funksiyasi ishlamay qolgan bo‘lishi mumkin. Hozirda ilovada 1000 dan ortiq funksiyalar bor, ayni damda texnik xodimlarimiz omonat funksiyasini test qilishyapti. Ayrim mijozlarimizda ishlayapti, ayrimlarida esa ishlamayapti. Buning hammasi tiklanib to‘laqonli bugun (3 fevral) ishga tushadi», degan edi u.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
19:00 / 19.09.2024
Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi
12:40 / 22.07.2024
O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi
17:00 / 15.07.2024
AloqaBank 30 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya e’lon qildi
19:03 / 27.06.2024