13:01 / 06.02.2024
20566

O‘zbekiston 2023 yilda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi davlat bo‘ldi

O‘tgan yilda oltinning asosiy sotuvchisi Qozog‘iston Markaziy banki bo‘ldi – taxminan 50 tonna. O‘zbekistonning oltin bo‘yicha sof savdosi esa qariyb 25 tonnani tashkil etdi va dunyodagi ikkinchi eng yirik oltin sotuvchi davlatga aylandi.

Foto: David Gray/Bloomberg

2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha Qozog‘istondan biroz ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda oltinning asosiy sotuvchisi Qozog‘iston Markaziy banki bo‘ldi – taxminan 50 tonna. O‘zbekistonning oltin bo‘yicha sof savdosi esa qariyb 25 tonnani tashkil etgan.

2023 yilda Xitoy sof xaridlar bo‘yicha yetakchi bo‘ldi – 230 tonna. Undan keyingi o‘rinlarni Polsha, Singapur, Liviya va Chexiya egallagan.

Dekabr oyida jahon markaziy banklarining oltin-valuta zaxiralari 28 tonnaga oshgan, bu qimmatbaho metallarni sotib olish trendi davom etayotganini anglatadi. Oltinning asosiy xaridori 18 tonna bilan Turkiya bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston 8,2 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu oldingi yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko‘p. Shuningdek, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan. 

Mavzuga oid
Top