Yilning birinçi yarmida Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 6,5 mlrd dollarga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga köpaygan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 25 iyul kungi matbuot anjumanida aytib ötdi.
“Biz dekabr, aprel oylaridagi prognozlarimizda pul ötkazmalari 11-12 foiz miqdorida ösişini taxmin qilgan edik, haqiqatda bu özgariş bizning taxminlarimizga qaraganda 2 baravar yuqori sur’atlarda ösmoqda.
Yana bir holat – mehnat migratsiyasi geografiyasining özgarişi va iş kuçining mamlakatlararo diversifikatsiyasining davom etayotgani. Agar raqamlarda aytadigan bölsak, AQŞdan keladigan pul ötkazmalari ötgan yilga qaraganda 43 foizga, Germaniyadan pul ötkazmalari 64 foizga, Polşadan keladigan pul ötkazmalari qariyb 2 baravar (93 foiz)ga, Janubiy Koreyadan pul ötkazmalari 1,9 barobarga ösdi”, – deya Nurmurodovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
MB rahbariga köra, Rossiyadan kelayotgan pul ötkazmalari uluşi ikki yil oldin 81-82 foizni taşkil etgan, 2024 yil birinçi yarim yillik yakunlari böyiça bu körsatkiç (4 mlrd 950 mln dollar) 77 foizga tuşgan. Yanvar-iyun oylarida Qozoğistondan 347 mln, AQŞdan 271 mln, Koreyadan 267,3 mln dollar pul ötkazilgan.
“[Rossiyadan] pul ötkazmalari sonida ham [kamayişni] körib turibmiz. Nafaqat summa, qança miqdorda, neçta tranzaksiya bölayotganini kuzatib boramiz, u yerda ham kamayiş kuzatilyapti”, – dedi u.
Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlaşiça, birinçi yarim yillikda asosiy savdo hamkorlaridagi yuqori iqtisodiy ösiş, eksport xomaşyo tovarlarining birja narxlari qulay şakllanişi ta’sirida oltinsiz eksport hajmi 11 foizga ösgan. Import hajmining ösişi muvozanatlaşib, 10,6 foizga teng böldi, bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida 17 foizni taşkil qilgandi.
Eksport va pul ötkazmalarining köpayişi natijasida iqtisodiyotga valuta oqimi sezilarli oşişi kuzatilmoqda. Buning natijasida sömning ayirboşlaş kursi nisbatan barqarorlaşgan. Birinçi yarim yillikda sömning AQŞ dollariga nisbatan kursi 1,8 foizga qadrsizlangan.
Joriy tendensiyalarga asosan, yil yakunida tölov balansining joriy operatsiyalar hisobvaraği taqçilligi qisqarişi kutilmoqda, dedi Nurmurodov.
Uning qayd etişiça, yil yakunida umumiy inflatsiya 9 foiz atrofida şakllanişi (apreldagi prognoz 9-11 foiz edi), 2025 yil oxirida 5 foizlik target darajasiga yaqinlaşişi kutilyapti.
Şu va boşqa omillar sabab MB asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, 13,5 foiz deb belgilagan.












