Turkiyaga sayohatga boruvchilar mahalliy tartib-qoidalarni buzish oqibatlaridan ogohlantirildi
Mahalliy aholi vakillari, ayniqsa ayollarni so‘ramasdan suratga olgani uchun ushlanib, izolyatorda saqlanayotganlar ham bor.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligi haqida ogohlantirdi.
«Oramizda chet elga vaqtinchalik yashashga yoki sayohat uchun chiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tushishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak. Ammo bu bilan cheklanmaydigan qiziquvchan sayyohlarimiz xam uchrab turadi.
Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni obektiv orqali muhrlashga harakat qilib, ba’zida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin.
Har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib-qoidalari bor. Masalan, Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qat’iyan man qilinadi. Ayniqsa mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas. Bu shaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi.
Ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinish mumkin. Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas», deyilgan xabarda.
Hozirda Bosh konsulxona shunday fuqarolarni ozod etib, ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib borayotgani qayd etilgan.
Mamlakat fuqarolaridan biror davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan tanishib chiqish so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

08:29 / 27.03.2025
Istanbulga kamolchilar vakili Nuri Aslan vaqtinchalik hokim etib saylandi

22:01 / 20.03.2025
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deportatsiya qilindi

19:17 / 20.03.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar provokatsion postlar va mitinglardan uzoqroq bo‘lishga chaqirildi

13:49 / 20.03.2025