Ukrainada Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Yangi zavod yiliga taxminan 120 dona dron ishlab chiqara olishi ta’kidlanmoqda.

Foto: AP
Turkiyaning Baykar kompaniyasi Ukrainada dron ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi. Kompaniya TV2 yoki TV3 rusumidagi Bayraktar dronlarini ishlab chiqaradi.
Bu haqda kompaniya rahbari Xoluq Bayqar Saudiya Arabistonidagi qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi chog‘ida Reuters agentligiga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zavod Kiyev yaqinida qurilmoqda.
«Bizning zavod qurilmoqda (...) Qurilishni yakunlash uchun bizga taxminan 12 oy kerak bo‘ladi, keyin biz ichki armatura, uskunalar va tashkiliy tuzilmaga o‘tamiz. Ukrainadagi zavod katta, biz 500 ga yaqin xodimni ishga olishni rejalashtirmoqdamiz», dedi u.
Xoluq Bayqar yangi zavod yiliga taxminan 120 dona dron ishlab chiqara olishini ta’kidladi.
Davom etayotgan urush bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari zavod uchun xavf tug‘diradimi, degan savolga u ish reja bo‘yicha «to‘liq olg‘a ketayotganini» va «hech narsa» ularni to‘xtata olmasligini aytdi.
Mavzuga oid

20:43
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

15:21
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi

14:24
VsIOM: Rossiyaliklar Ukraina va AQShni o‘zlarining asosiy dushmani deb hisoblashmayapti

08:24