Jahon | 14:55 / 07.02.2024
14417
3 daqiqa o‘qiladi

Donbassda yana evakuatsiya ketmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 713-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari tarkibida Pilotsiz tizimlar kuchlarini tuzish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
  • Oliy rada Ukrainada harbiy holat va umummilliy safarbarlikni 13 mayga qadar uzaytirdi. Bu muddatlar o‘ninchi bor uzaytirilmoqda.
  • «Kommersant» nashri yozishicha, Putin 23 fevraldan 8 martga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Federal kengashga murojaat qiladi.
  • Yanvar oyida Rossiyada neftni qayta ishlash hajmi kamaygan. Buning sabablaridan biri — ukrain dronlarining shunday zavodlarga qilingan hujumlari bo‘ldi.
  • Moskvada sud yozuvchi Boris Akuninni terrorizmni oqlash ayblovi bilan sirtdan hibsga oldi, Ukraina prezidenti ofisi sobiq maslahatchisi Oleksiy Arestovichga esa terrorizmga chorlov moddasi bo‘yicha shunday chora ko‘rilgan.
  • Xarkiv oblastida mehmonxonaga raketa zarbasi oqibatida ikki oylik chaqaloq halok bo‘ldi.

Anneksiya qilingan Qrimda FVV Storm Shadow raketasi parchalarini o‘rganmoqda

Sevastopol ixtisoslashtirilgan otryadi Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi urib tushirgani aytilgan Storm Shadow qanotli raketasini qismlarga ajratmoqda. Foto 2024 yil 1 fevral kuni e’lon qilingan, bu parchalar qachon va qanday holatda qulagani haqida aniq ma’lumot yo‘q
Viktor Korotayev / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Viktor Korotayev / Kommersant / Sipa USA / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi artilleriyasi 

Ukrainalik artilleriyachilar Kreminna yo‘nalishidagi front chizig‘ida
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Artilleriya snaryadlari oldidagi askar
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk oblastida tinch aholi vakillari evakuatsiyasi 

Rossiya tomonidan shturm qilinayotgan Avdiyivka shahridan bo‘lgan Natalya Nevryuyeva (65 yosh) Donetsk oblastidagi Pokrovsk shahridan evakuatsiya qilinishini kutmoqda.
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Novodonetske qishlog‘idan bo‘lgan Raisa Filatova (70 yosh) va kramatorsklik Volodimir (77) ularni front chizig‘i yaqinidan mamlakatning nisbatan xavfsiz hududlariga olib ketayotgan poyezd kupesida.
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Ukraina nazoratida qolayotgan yirik shahar bo‘lmish Pokrovskda poyezd mashinisti. Tinch aholi shu yerdan Ukrainaning nisbatan xavfsiz hududlariga evakuatsiya qilinmoqda
Oleh Arkhanhorodsky / Global Images Ukraine / Getty Images
Donetsk oblastidan evakuatsiya chog‘idagi vidolashuv
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid