Ukrainadagi jang maydonida Rossiya armiyasidan sentabr oyida har kuni örtaça 1271 kişi halok böldi va yaralandi. 17 oktyabr, payşanba kuni mudofaa vazirlari yiğilişi çoğida Bryusselda ötkazilgan brifingda Şimoliy Atlantika alyansining yuqori martabali amaldori şunday ma’lumotlarni taqdim etdi.

Bu Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri eng yuqori körsatkiç: may oyida NATO bu borada 1000 qurbon va yaradorlar sonini keltirgan edi. Rasmiy, şuningdek, alyans prognozlariga köra, Rossiyadan bunday yöqotişlar 2024 yil oxirigaça davom etişini ta’kidladi. U Rossiya yöqotişlarining köpayişini hozir nafaqat Xarkiv, balki Kursk oblastida ham şiddatli janglar olib borilayotgani, umuman olganda, butun front çiziği böylab janglar avj olgani bilan boğladi.

Şu bilan birga, Rossiyada uruşga yollaş qizğin sur’atda davom etmoqda: oyiga taxminan 30 ming kişi, deya ma’lum qildi rasmiy, buning natijasida rus qöşinlari şu paytgaça inson resurslarini töldirişga muvaffaq bölişdi, ammo katta yutuq uçun ularga safarbarlikning yangi tölqini kerak böladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ikki aholi punkti nazoratga olingani haqida xabar berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk va Lugansk oblastlaridagi ikkita aholi punkti nazoratga ötganini ma’lum qildi.

«Tsentr» qöşinlar guruhining bölinmalari Krasniy Yar hududidagi janglarga jalb qilingan, deya xabar beradi idora.

«Zapad» qöşinlar guruhining bölinmalari faol hujum harakatlari natijasida Nevskoye aholi punktini ozod qildi», — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Idora, şuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQŞda işlab çiqarilgan uçta HIMARS reaktiv snaryadi va 56 ta samolyot tipidagi uçuvçisiz uçiş apparatini urib tuşirganini qayd etdi.

«Tezkor-taktik aviatsiya, hujumkor uçuvçisiz uçiş apparatlari, raketa kuçlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari qöşinlari guruhlarining artilleriyasi ekipajsiz katerlar omborini vayron qildi, şuningdek, harbiy aerodrom infratuzilmasi, ikkita korxona: Ukraina Qurolli kuçlarini yoqilği bilan ta’minlaydigan neftni qayta işlaş zavodi, portlovçi moddalar va öq-dorilar işlab çiqariş joyi möljalga olindi», deb xabar qildi Rossiya idorasi.