Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Meksika orqali AQShga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Andijon viloyati Marhamat tumanida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marhamat tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro O.U. F.B.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.M. fuqaro O.U.dan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:03 / 13.06.2026
“Qutqaruvchilar kelganida hali ular tirik edi” - Marhamatdagi hodisa tafsilotlari
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026