Chevrolet dunyoning eng ishonchli avtomobillari reytingiga kirdi
Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar reytingi tuzildi. Toyota, Lexus, BMW va Porsche modellari yuqori o‘rinlarni egalladi. Reytingda Chevrolet avtomobillari ham bor.
J.D.Power agentligi o‘zining ishonchli avtomobillar Vehicle Dependability Study reytingini e’lon qildi. Bir yil avvalgidek, unda birinchi o‘rinni Lexus (PP100 indeksida 135 ball), ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toyota (147) va Buick (149) egalladi.
PP100 indeksi 100 ta mashinaga tushgan shikoyatlar sonida ifodalanadi. Lexus avtomobillariga mijozlardan eng kam (135 ta) e’tiroz bo‘lgan, demak brend reytingda shuncha ball to‘plagan.
J.D.Power kompaniyasining qayd etishicha, dunyoda avtomobillar ishonchliligi pasaygan, chunki o‘rtacha indeks qiymati yil davomida to‘rt pog‘onaga ko‘tarilib, 190 ga yetgan.
Qayd qilinishicha, eng ko‘p shikoyat multimedia tizimlari bilan bog‘liq. Elektron yordamchilarning bildirishnomalari sonining ko‘payishi ham mijozlarni asabiylashtirgan.
Shu bilan birga, elektromobillar ustidan shikoyatlar soni benzinli avtomobillarnikidan ko‘proq bo‘lgan – 256 ga nisbatan 187 ball. Bunda shikoyatlarning aksariyati shinalar eskirishining ortishi bilan bog‘liq.
Eng ishonchli avtomobillar reytingida Chevrolet brendining 3 ta avtomobili (Equinox, Tahoe, Traverse) ham yuqori o‘rinlarni egallagan. Ushbu avtomobillar O‘zbekiston bozorida ham sotiladi.
PP100 indeksi bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar reytingi:
135 ball – Lexus (IS, ES, NX, RX modellari);
147 – Toyota (Corolla, Camry, 4Runner, Tundra, Tacoma);
149 – Buick (Encore);
174 – Chevrolet (Equinox, Tahoe, Traverse);
174 – MINI;
175 – Porsche 718;
185 – Mazda;
187 – Kia Sedona;
190 – BMW (X1, X6);
190 — Dodge.
Reytingning eng quyi qismini Chrysler egalladi - uning PP100 reytingi 310 ball. Audi (275), Land Rover (268), Volkswagen (267) va Tesla (252) ham eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd qilgan.
Reyting uchun ma’lumotlar 3 yil davomida avtomobildan foydalangan haydovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida to‘plangan. Ularga 9 ta toifaga ajratilgan 184 ta muammo yuzasidan savol berilgan: iqlim nazorati; elektron yordamchilar; haydash tajribasi; eksteriyer; funksiyalar/boshqaruv uskunalari/displeylar; axborot-ko‘ngilochar tizim; interiyer; dvigatel va o‘rindiqlar.
Mavzuga oid
10:57 / 18.05.2024
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar
13:02 / 03.11.2022
Klasterlar hamda fermer xo‘jaliklari diqqatiga!
21:33 / 19.11.2017
Yevropadagi eng ishonchli avtomobillar reytingi tuzildi
22:52 / 01.07.2017