Hayotiy hikoya: Katta onaning vasiyati

Foto: Getty Images
“Negadir qabulimga kelganlar “yoshgina qiz ekansiz, balki, tushunmassiz” deb gapni boshlaydilar. Men kulib, “qani keling, o‘tiring-chi, tushunishga harakat qilaman, har holda 18 yoshli emasman”, deyman kulib”. Bugungi hayotiy hikoya qahramonlari biroz boshqacha. Biri ikkinchisini parvarish qilgan, biri kundoshining farzandlariga uyini meros qoldirayotgan ikki ayol haqida.
“Bir kuni qabulimga iymanib, tortinib bir ayol keldi. Anchagacha gapni nimadan boshlashga qiynalib o‘tirdi. Bir piyola choy quyib uzatdim va muammosini so‘radim.
Aytishicha, bir hovlida yashaydigan kundoshi (turmush o‘rtog‘ining rasmiy nikohdagi xotini) uning o‘g‘illarining nomiga o‘zi yashaydigan uy-joyni vasiyat qilib bermoqchi ekan.
- Tushunmadim, qanday qilib, bir hovlida, bizning davlatimiz qonunlariga ko‘ra, ikki xotinlik mumkin emas...
- Eh, singlim, - deb yig‘lab yubordi ayol. – Tushunishingiz qiyinligini bilardim. Gap shundaki...
Ayolning hikoya qilishicha, turmush o‘rtog‘ining birinchi oilasidan 1 nafargina farzandi bo‘lgan ekan. Shu yigit kattagina bo‘lganida noma’lum sababga ko‘ra o‘zini osib qo‘yib, vafot etadi. Onaizor farzand dog‘idan insultga chalinadi va oyoqlari yurmay qoladi. Er 5 yil davomida uni davolatadi, olib bormagan joyi qolmaydi. Oxiri umidi uzilgach, o‘zi yashagan mahalladan turmush qurmagan, 40 yoshlardagi bir ayolga sovchi qo‘yadi. Bo‘lg‘usi oilasiga birinchi ayolining ahvolini, uni tashlab qo‘ya olmasligini, u bilan bir hovlida yashashga to‘g‘ri kelishini aytadi. Baxti ochilishini kutishdan charchagan ayol bu shartlarga ko‘nadi. Turmushga chiqadi va “opa”sini parvarishlaydi. Shu orada uning ikki nafar o‘g‘li tug‘iladi, ikkalasi “katta ona”sini buvi o‘rnida juda yaxshi ko‘rishadi. Bu hol eri vafot etgandan keyin ham davom etib kelmoqda ekan.
- Shu kunlarda opam juda bezovta, vafot etmasimdan oldin, uy-joylarini o‘g‘illarimga vasiyat qilishni istayapti. Keyinchalik, boshqalar da’vo qilmasin deyaptilar, - dedi ayol qimtinibgina.
Xullas, uyiga borib, bemor ayol bilan suhbat qildim. Juda katta fojiani boshidan o‘tkazgan ayol, haqiqatan ham “singlisi”ning farzandlarini o‘z farzandlaridek ko‘rishini va nomidagi uy-joyni ularga vasiyat qilmoqchi ekanini aytdi. Men vasiyatnomani tuzish va tasdiqlash tartibini tushuntirdim va uning irodasini tasdiqlab berdim.
Notariuslik faoliyatimda shu kabi voqealar ham uchrab turadi”.
Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Charos Razzoqovaning sahifasidan olindi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 00:27
-
AQSh harbiylar uchun miya implantlari ustida ish olib bormoqda
Jahon | 00:16
-
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Jamiyat | 23:27 / 28.03.2025
-
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Jahon | 23:20 / 28.03.2025
Mavzuga oid

14:10 / 09.03.2025
“Kasbingizni sevsangiz, qiyinchiliklari bilinmaydi” – kranchi, tergovchi, poyezd va avtobus haydovchi ayollar hikoyasi

13:27 / 03.10.2024
«Do‘stimning o‘limiga sababchi bo‘lganman» – «avariya» sodir etgan yigitning nadomatlari (Hayotiy hikoya)

18:30 / 01.10.2024
“Kiyevda tanishganmiz” - 75 yoshida ingliz tilida gaplasha oladigan nuroniylar hikoyasi

18:18 / 20.09.2024