Ba’zan kiçik tafsilotlar katta özgarişlarni anglatadi. 18 fevral, yakşanba kuni yakunlangan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida (MSC) şunday bir qança tafsilotlar bor edi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga forum ötkazilgan zamonaviy Bayerischer Hof mehmonxonasida ilk bor boşqa davlatlar rahbarlari bilan muloqot qiliş uçun alohida xona ajratildi. Bungaça u özidan oldingilar kabi boşqa, nufuzli siyosatçilar bilan uçraşuvlarga borgan. Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi uni asosiy va eng himoyalangan iştirokçilardan biriga aylantirdi.
Yana bir misol, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi oldidan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov har yili Myunxenga kelib, konferensiyaning asosiy kuni bölmiş şanba kuni tuşga yaqin nutq sözlagan. Hozirda Myunxenga Moskvaning rasmiy vakillari taklif qilinmayapti va dasturdagi «Lavrov darçasi» Xitoy boş diplomati Van Iga berildi. U kelasi yil ham Myunxenda bölişi kutilmoqda, bu 60 yilligini nişonlagan yetakçi konferensiya uçun yangi an’anaga öxşayapti.
Köplab maydonçalardagi kayfiyat bayramona emas edi, ammo taşviş, noaniqlik va buzilib ketayotgan dunyo tartibini saqlab qoliş hamda NATOni mustahkamlaş çaqiriqlari örtasida muvozanatli böldi. Taşkilotçilar, ehtimol, sönggi yillardagi eng pessimistik sarlavhali hisobotni naşr etişdi - «Lose-Lose?» (Barça yutqazadimi?). Forumdan söng köplab suhbatdoşlar söroq belgisini olib taşlaş mumkinligini aytgan.
Navalniyning ölimi va Avdiyivkaning qölga olinişi
Şu tariqa, AQŞ Kongressida yangi yordam masalasi bloklanganidan keyin Ukrainada Ğarb öq-dorilari va qurol-yaroğlari yetişmayapti. Şu fonda, konferensiya davomida Ukraina qöşinlari Donetsk çekkasidagi Avdiyivka şahrini tark etgani haqida xabar keldi. Dunyo va forum iştirokçilari diqqati Isroil va Falastinning HAMAS guruhi örtasidagi harbiy qarama-qarşilikka ham qaratilgan. Şuningdek, Qöşma Ştatlarda respublikaçilardan prezidentlikka ehtimoliy nomzod, Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp NATO şartnomasi mohiyatini şubha ostiga qöyib, yalpi içki mahsulotning ikki foizini mudofaaga sarflaş majburiyatini bajarmagan mamlakatlarni himoya qilmasligini aytdi. Ular esa köpçilikni taşkil qiladi, şu jumladan, yaqin vaqtgaça Germaniya Federativ Respublikasi ham röyxatda bor edi.
Uç kunlik konferensiya oçilişiga bir soat qolganda Rossiyaning eng maşhur muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniyning koloniyada vafot etgani haqida xabar keldi. Bu rus va ğarb ekspertlari hamda jurnalistlarini hayratda qoldirdi. Deyarli hamma qotillik haqida gapirdi va Rossiya rasmiylarini aybladi. Navalniy nomi Ğarb yetakçilari nutqida birinçi daqiqadan sönggi daqiqagaça eşitildi. Siyosatçi bevasi Yuliya Navalnayaning rejasiz nutqi anjumanning hayajonli lahzalaridan biriga aylandi. Tomoşabinlar uni qariyb bir daqiqa davomida olqişladi. Navalnaya Rossiya rahbariyatini RF va uning oilasi oldidagi «barça dahşatli işlar uçun» javobgarlikka tortişga çaqirdi.













