Rossiyada isiriq taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritildi
Uning tarkibida giyohvandlik moddasi borligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Business.com.tm
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Ro‘yxatga yangi moddalar qo‘shilgan, jumladan Péganum hármala (rus tilida Gramala) o‘simligi ham kiritilgan. U O‘zbekistonda isiriq nomi bilan tanilgan.
Isiriq nega taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganiga rasman izoh berilmagan. Bunga o‘simlik tarkibida psixotrop alkaloidlar mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.
O‘simlikning o‘nga yaqin nomi mavjud. U Eron va Tojikistonda «hazor ispand», Ozarboyjon va Turkmanistonda «yuzarlik», Qozog‘istonda «adiraspand», O‘zbekiston va Qirg‘izistonda «isiriq» nomi bilan mashhur bo‘lib, odatda xalq tabobatida og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida, shamollash va tumovga qarshi, ommaviy epidemiyalar paytida ishlatilgan.
2020 yilda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov koronavirusning oldini olish maqsadida aholi uylarida isiriq tutatish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkazishni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ko‘p asrlik hayot amaliyoti isiriq tutuni inson tanasiga ko‘zga ko‘rinmas turli viruslarning kirib borishini faol ravishda oldini oluvchi samarali vosita ekanini tasdiqladi», dedi u.
2020 yilda O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov isiriq inson immunitetini kuchaytirishda muhim vosita ekanini aytgan edi.
«Tabiat ne’matlaridan uzoqlashmaslik kerak. Masalan, isiriq o‘simligining ham foydasi juda katta», dedi mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

22:48 / 12.05.2025
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?

19:09 / 06.05.2025
«Tanamda 20 tacha oskolka bor» – Rossiyada majburan urushga yuborilgan o‘zbekistonlik hikoyasi

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025