Ukraina boş vaziri Denis Şmigal Yaponiyani Rossiyadan özini himoya qilayotgan mamlakatni qayta quriş va modernizatsiya qilişni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Şmigal 19 fevral, duşanba kuni Tokioda bölib ötgan konferensiyada: «Xususiy sektor Ukrainada tiklanişning eng muhim dvigatelidir», dedi. Tadbirda Ukraina va Yaponiyadan 300 ga yaqin hukumat va biznes vakillari iştirok etmoqda.
Ukraina boş vazirining ta’kidlaşiça, Rossiya tomonidan keng kölamli uruş boşlanganidan beri Yaponiya mamlakatga 10 milliard dollardan ortiq mablağ yuborgan va şu tariqa Kiyevning törtinçi yirik donoriga aylangan. U yapon kompaniyalariga Ukrainada «iqtisodiy möjiza» bölişi mumkinligini va’da qildi. «Hozir Ukraina iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan kompaniyalar yaqin yillarda siz işonmaydigan imtiyoz va imkoniyatlarga ega böladi», dedi Denis Şmigal.
Kişida: Yaponiya hududiy yaxlitligini tiklaşda Ukrainani qöllab-quvvatlaydi
Öz navbatida, Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida öz hukumati Ukrainani «uning erkinligi va mustaqilligini himoya qiliş, şuningdek, hududiy yaxlitligini tiklaşda» qöllab-quvvatlaşga tayyorligini tasdiqladi. Bundan taşqari, Yaponiya Ukraina iqtisodiyotini barqarorlaştiriş uçun uzoq muddatli yordam beradi, dedi Kişida.
Tomonlar qator şartnomalar, jumladan, infratuzilmani tiklaş, şuningdek, minalardan tozalaş va qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisida kelişuvlarni imzoladi. Şmigal özining Telegram-kanalida «iqtisodiy rivojlaniş va tiklaniş böyiça konferensiyadan umidlar böyiça boş vazir Fumio Kişida bilan jiddiy muzokaralar olib borilganini» e’lon qildi. «Biz biznes sub’yektlari örtasida aloqalar örnatmoqdamiz, hukumatlararo muloqotni kuçaytirmoqdamiz. Oldinda köplab kelişuvlar va samarali uçraşuvlar bor», - dedi u.
Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va BMT hisob-kitoblariga köra, Ukrainani tiklaş uçun 486 milliard dollardan ortiq mablağ kerak. Taşkilotlarning yaqinda e’lon qilingan qöşma hisobotida aytilişiça, joriy yilning özida uşbu maqsadlar uçun 15 milliard dollar yönaltirilişi lozim.












