Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi
Bu o‘zganing nomiga kredit yoki mikroqarz rasmiylashtirish kabi firibgarlik holatlariga qarshi kurash uchun joriy qilindi.
Rossiya Davlat Dumasi qabul qilgan qonunga ko‘ra, rossiyaliklar 2025 yil 1 martdan boshlab, o‘ziga-o‘zi kredit olish taqiqini qo‘yishi mumkin. Ushbu xizmatdan Davlat xizmatlari portali orqali, 2025 yil 1 sentabrdan esa Ko‘pfunksiyali markaz (MFs) orqali foydalanish mumkin. Bu haqda «Interfaks» yozdi.
Hujjatga ko‘ra, fuqarolar o‘ziga banklar tomonidan kredit ajratilishi va mikromoliya tashkilotlaridan (MMT) qarz berilishini taqiqlashi mumkin.
Transport vositasi yoki ipoteka bilan ta’minlangan kreditlar bundan mustasno bo‘ladi. Shuningdek, taqiq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratiladigan kreditlarga taalluqli bo‘lmaydi (masalan, ta’lim krediti).
Taqiqni o‘rnatish yoki bekor qilish uchun Davlat xizmatlari portali yoki MFs orqali onlayn ariza berish talab qilinadi.
Qonun kredit olish bilan bog‘liq firibgarliklar, jumladan, o‘zganing nomiga kredit yoki mikroqarz rasmiylashtirish holatlarining oldini olishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Statistikaga ko‘ra, Rossiyada 2023 yilda firibgarlar boshqalar nomiga 100 mingga yaqin kredit olgan. Bu 2022 yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir.
2023 yilda bunday firibgarlikdan yetkazilgan zararning umumiy miqdori taxminan 15 milliard rublni tashkil etgan.
Bunday firibgarlik qurbonlari uchun bu noxush kredit tarixi, chet elga chiqish bilan bog‘liq muammolar va hatto jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:43 / 25.05.2026
Tadbirkorlar uchun yangi raqamli moliyaviy tizim taklif qilindi
14:21 / 23.04.2026