Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi maktab qurilishida bir qancha qoidabuzarliklar aniqlandi
Obektda buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorati olib borilmagani ta’kidlanmoqda.
Samarqand shahrining Qorasuv massivida qad rostlayotgan maktab qurilishi davomida loyihadan chetlashib, arzon materiallardan foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «T.Q» qurilish korxonasi loyihada faollar zali va sport zali tom qismiga gazoblok terilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda boshqa materiallardan foydalangan. Bundan tashqari devorlarga gazobloklar terilishida qurilish me’yorlari qoidalariga amal qilinmagan, ya’ni oraliq choklari qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagan. O‘rnatilgan oynalar oralig‘i ham maxsus qorishma bilan to‘ldirilmagan.
Ushbu qoidabuzarliklar Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Shuningdek, obektda xavfsizlik texnikasi qoidalariga umuman amal qilinmagani, ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanmagani aniqlangan. Obektda buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorati olib borilmagani ta’kidlanmoqda.
Aniqlangan qoidabuzarliklar inspeksiya tomonidan nazoratga olinib, qurilish-pudrat tashkiloti mas’ullariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatma berilgan. Loyihadan chetlashgan holda devorlarga terilgan beton bloklar buzdirilgan.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026