OChL. «Navbahor» «Al-Ittihod»dan alamli tarzda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinali javob o‘yini doirasida «Navbahor» Saudiya Arabistonida «Al-Ittihod» mehmoni bo‘ldi.

«Qirol Abdulloh» stadionida o‘tgan bahsning 25-daqiqasida Jamshid Iskanderov tomonidan uzatilgan to‘pni kutilmaganda Karim Benzema o‘z darvozasiga yo‘llab, namanganliklarni hisobda oldinga chiqardi – 1:0.
Ammo Samvel Babayan shogirdlari tanaffusga g‘olib sifatida chiqib keta olishmadi. 45+6-daqiqada Karim Benzemaning uzatmasidan keyin Hamidullah muvozanatni tikladi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasiga kelib mezbonlar kambek qayd etishdi. Bu ham avtogol evaziga bo‘ldi. Namanganliklarning gruziyalik forvardi Toma Tabatadze to‘pni qaytarish chog‘ida o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi – 1:2.
Shu tariqa, «Nasaf»dan keyin «Navbahor» ham Osiyo Chempionlar ligasi-2023/24 yilgi mavsum ishtirokini nimchorakfinalda alamli tarzda to‘xtatdi.
22 fevral (payshanba)
OChL. 1/8 final. Javob o‘yini.
«Al-Ittihod» (S.Arabistoni) - «Navbahor» - 2:1
Bosh hakam: Ko Xyun Jin (J.Koreya)
Gollar: Hamidullah 45+6, Tabatadze 87 – Benzema 25 avtogol.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Ruslanbek Jiyanov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abrorbek Ismoilov, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Asadbek Sobirjonov, 91. Toma Tabatadze.
«Al-Ittihod»: 1. Abdulloh Al Mayuf, 7. Kante, 8. Fabino, 9. Karim Benzema, 15. Hasan Kadish, 16. Faysal Al Gamdi, 17.Marvan As-Sahaf, 26. Ahmad Hezagi, 30. Saad Al Mosa, 37. Famaz Al Yami, 99. Abdulrazoq Hamidullah.
Chetlatish: Yovan Jokich, 90+8 (N).
Birinchi o‘yin – 0:0.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi

14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi

12:13 / 17.06.2024