Toshkentning Yangihayot tumanida «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
Prezident huzurida Toshkent shahrida sanoat, infratuzilma va turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 27 fevral kuni Toshkent shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari yuzasidan axborot berildi.
Qayd qilinishicha, «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish, hududlarning turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarish, aholining uy-joy sharoitlari va shaharlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qator maqsad va vazifalar belgilangan. Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni poytaxtda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida Toshkent shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklida «Toshkent invest kompaniyasi» tashkil etilgan. Kompaniya bo‘sh yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalari va davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Shu munosabat bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi, poytaxtda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi, «hayotiy davr shartnomasi» asosida hamkorlik qilish tartibi tasdiqlanmoqda.
Taqdimotda Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi to‘g‘risida axborot berildi. 664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida yaqin yillarda 1,5 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini o‘zlashtirish, 2,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalishtirilmoqda.
Poytaxtda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Shu maqsadda Toshkentning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida tegishli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Dasturda «Gastronomik turizm» va «hunarmandlar ko‘chasi»ni tashkil etish, zamonaviy savdo-servis obektlari va mehmonxonalar qurish, kanallar bo‘yida yashil va dam olish hududlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Bu boradagi ishlarni mahalla darajasida tashkil etish, bunda mahallalarning o‘sish nuqtalarini aniqlab, muayyan faoliyat turiga ixtisoslashtirish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha «Andijon tajribasi»dan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.
Davlat rahbari taqdim etilgan hujjat loyihalari va takliflarni ma’qullab, ularning ijrosini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balashixada portlash oqibatida Gerasimovning o‘rinbosari halok bo‘ldi
Jahon | 15:26
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

07:46 / 23.04.2025
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi

17:42 / 22.04.2025