Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 10 milliard dollarlik yirik gaz-kimyo loyihasi amalga oshiriladi
Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda.
Xorazm viloyatiga tashrif davomida prezident Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligi, «O‘zkimyosanoat» AJ va yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda Xorazm viloyatida umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati - 2024-2028 yillar.
Qayd qilinishicha, loyiha gaz-kimyo tarmog‘i rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi va O‘zbekiston sanoatining flagmanlaridan biriga aylanadi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
13:52 / 02.06.2026