Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangi MacBook Air noutbuklarini taqdim etdi
M3 chipli noutbuklar avvalgi avlod modellaridan 60 foizga samarador ekani ta’kidlanmoqda.
Foto: Apple
Apple kompaniyasi MacBook Air noutbuklarining yangi avlodini taqdim etdi. Ular avvalgi modellarga nisbatan samarador ekani ta’kidlanmoqda.
Jumladan, 13,6 dyuymli va 15,3 dyuymli modellar Liquid Retina displeyi va M3 chipi bilan jihozlangan, bu esa M1 chipli modelga nisbatan 60 foizga samarador.
Yangi qurilmalarning batareya quvvati 18 soatgacha oshgan, bu avvalgi avlod kompyuterlariga qaraganda 30 foiz ko‘pdir. Tezroq va samaraliroq 16 yadroli Neural Engine protsessori sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar bilan ishlashni ta’minlaydi.
Yangi mahsulotlar MagSafe zaryadlash ulagichi, aksessuarlarni ulash uchun ikkita Thunderbolt porti va 3,5 mm quloqchin portiga ega bo‘ldi. Noutbuklarda 1080 pikselli FaceTime kamerasi, Spatial Audio va Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan dinamiklar mavjud va ular ikkita tashqi displey bilan ishlash imkoniga ega.
Qo‘shma Shtatlarda M3 chipi o‘rnatilgan 13 dyuymli MacBook Air narxi 1 ming dollardan (12,5 mln so‘m), M3 o‘rnatilgan 15 dyuymli MacBook Air esa 1,2 ming dollardan (15 mln so‘m) boshlanadi. Noutbuklar kumush, qora, kulrang va oltin ranglarda ishlab chiqariladi. Yangi mahsulotlarni oldindan buyurtma qilish mumkin, yetkazib berish 8 martdan boshlanadi.
Mavzuga oid
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
08:34 / 06.03.2026
MacBook Neo - Apple’ning eng hamyonbop yangi noutbugi
21:57 / 04.03.2026
Apple eng arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi
20:59 / 04.03.2026