Freedom House O‘zbekistonni “erkin bo‘lmagan” mamlakatlar qatorida qoldirdi
Freedom House tashkiloti jahon mamlakatlaridagi erkinlik darajasiga oid an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi. Yangilangan reytingda O‘zbekistondagi erkinlik darajasi 100 balldan 12 ballga baholandi va mamlakat “erkin bo‘lmagan” davlatlar qatorida qoldi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot Freedom House jahon mamlakatlarining erkinlik darajasiga oid an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi. Yangilangan reytingda O‘zbekistondagi erkinlik darajasi 100 balldan 12 ballga baholangan va mamlakat “erkin bo‘lmagan” davlatlar qatorida qolgan.
O‘zbekistondagi siyosiy huquqlar eng yuqori 40 balldan 2 ballga, fuqarolik erkinliklari esa eng yuqori 60 balldan 10 ballga, jami 12 ballga baholangan.
Shuningdek, internet erkinligi bo‘yicha ham O‘zbekiston 100 balldan 25 ball to‘plab interneti “erkin bo‘lmagan” mamlakatlar qatoridan joy olgan.
Reytingda eng yuqori o‘rinni maksimal 100 ball bilan Finlandiya band etgan. Undan keyingi o‘rinlarni 99 ball bilan Yangi Zelandiya va Shvetsiya egallagan. Eng past natijalarni Tibet (0 ball), Suriya va Janubiy Sudan (har birida 1 ball) qayd etgan.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari – Turkmaniston (2 ball), Tojikiston (5 ball), Qozog‘iston (23 ball) va Qirg‘iziston (27 ball) ham “erkin bo‘lmagan” mamlakatlar qatoriga kiritilgan.
Freedom House'ning an’anaviy tadqiqoti bu yil 195 ta mamlakat va 15ta hududni qamrab olgan. Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida 52 ta davlatdagi erkinlik darajasida pasayish kuzatilgan, faqatgina 21 ta davlatda yaxshilanish qayd etilgan.
Dunyo aholisining atigi 20 foizi “erkin” deb hisoblangan mamlakatlarda, aksariyat odamlar esa “qisman erkin” (42 foiz) yoki “erkin bo‘lmagan” (38 foiz) mamlakatlarda yashaydi.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, global erkinlik darajasi qatorasiga 18 yildan buyon pasayyapti.
Mavzuga oid
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
22:06 / 01.11.2024
Turkiya parlamenti «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
22:02 / 17.10.2024