Farg‘onadagi «Yoshlar ko‘li» Sport vazirligiga qaytariladi – Davaktiv agentligi
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» Sport vazirligiga qaytariladigan bo‘ldi. Davaktiv agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li»ning 24 kunlik firmaga uy, mehmonxona, restoran va savdo majmuasi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berishda bir qator qonun talablari buzilgani aniqlangan.

Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning qarori bilan Unays Building MChJga foydalanish huquqi bilan berib yuborilgan Farg‘ona shahridagi sobiq «Yoshlar ko‘li» Sport vazirligiga qaytariladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
«Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimining 2024 yil 29 yanvardagi tegishli qaroriga asosan Farg‘ona shahar, «Oybek» MFY hududida joylashgan sobiq «Yoshlar ko‘li» bino-inshootlari Unays Building MChJga investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun foydalanish huquqi bilan berilgani, ya’ni sotilmagani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur masalaga aniqlik kiritish bo‘yicha o‘rganishlarda ushbu obekt Sport vazirligi tomonidan samarali foydalanish uchun Farg‘ona shahar hokimligi balansiga Farg‘ona viloyat hokimining 2022 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan o‘tkazib berilgani, biroq hokimlik tomonidan obektga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagani aniqlandi.
Ushbu holatda, «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilangan tartib talablari bajarilmagan.
Xususan, qonun talablariga ko‘ra, davlat ko‘chmas mulk obektlarini, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, operativ boshqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasidan boshqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror Davaktiv agentligi tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartiblar buzilgani munosabati bilan Davaktiv agentligi tomonidan Sport vazirligiga obektni Sport maktabi balansiga qaytarib olish, Farg‘ona viloyati hokimligiga obektni Farg‘ona shahar hokimligi balansiga o‘tkazish va Unays Building MChJga foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish bo‘yicha joriy yil 6 mart kuni tegishli ko‘rsatmalar yuborildi», deyiladi Davaktiv agentligi xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, agentlik tomonidan ushbu davlat mulki obektini tegishli Sport maktabi balansiga qaytarish masalasi qat’iy nazoratga olinadi.
- Kun.uz oldinroq Xayrullo Bozorovning qaroriga ko‘ra Farg‘ona shahri markazidagi «Yoshlar ko‘li» mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun tashkil etilganiga 24 kun bo‘lgan Unays building MChJga doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilgani yuzasidan surishtiruv e’lon qilgandi.
- Surishtiruvdan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimining qarori ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi hamda faollar «Yoshlar ko‘li» farg‘onaliklarga qaytarilishi kerakligi haqida yozishdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 forvard
Sport | 15:30
-
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:56
-
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi
Jamiyat | 14:46
-
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil
O‘zbekiston | 14:38
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi

23:02 / 23.01.2025