Özbekistonda 2023 yilda giyohvand vositalari bilan qölga olingan 30 yoşgaça bölgan şaxslarning 97 nafarini talabalar taşkil qilgan. Sönggi 5 yilda respublikada narkotik moddalar savdosi uçun javobgarlikka tortilgan şaxslar orasida yoşlar 74 foizga oşgan. Ösmirlarni bu xavfdan qanday himoyalaş mumkin? Ota-onalar nimalarga e’tibor berişi kerak? Kun.uz muxbiri IIV Tezkor-qidiruv departamenti matbuot kotibi, kapitan Şokirjon Hoşimov bilan şu haqida suhbatlaşdi.

Sönggi yillarda giyohvand moddalar savdosi şakllarining yangiça usullari paydo bölyapti: an’anaviy narkotiklar örniga ulardan-da kuçli, ammo tarqatiş qulay bölgan dorilar, psixotrop moddalar muomalaga kirib keldi. Avvallari yoşlarni faqat qurbon sifatida öz domiga tortgan jinoyatçilar endi ularni narkotik savdosiga ham jalb qila boşlamoqda.

Giyohvand, psixotrop va psixofaol moddalarni iste’mol qiliş Özbekistonda sönggi beş yilda keskin oşgan. Xususan, narkologik hisobga olingan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan giyohvandlik vositalari iste’molçilari 60 foizga köpaygan.

— Ma’lumotlarga köra, sönggi beş yilda respublika hududida giyohvand, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi vositalar noqonuniy muomalasi uçun javobgarlikka tortilgan şaxslar orasida yoşlar 74 foizga, şu jumladan, talabalar 21 foizga, maktab öquvçilari 6 barobarga oşgan. Vaziyatga aynan qanday omillar sabab bölyapti?

— Bunga asosiy sabab sönggi yillarda butun dunyoda giyohvandlik vositalari savdosining deyarli töliq internetga köçib ötganligidir. Bugungi kunda giyohvandlik va psixotrop vositalar qölma-qöl savdo orqali yetkazilmayapti, barça jarayonlar internet orqali hal qilinyapti: buyurtma onlayn kelişuv bilan jönatilyapti va internet orqali tölov qilinyapti. Jarayonda “tovar”ni bir şaxs kelişilgan manzilga yaşirib ketadi, oluvçiga lokatsiya haqida xabar beriladi va xaridor uni öşa joydan olib ketadi. Bunday holatda sotuvçi va oluvçi özaro duç kelmasligi sababli “savdo” xavfsizligi ta’minlanadi.

Tabiiyki, internetdagi asosiy kontingent yoşlar hisoblanadi. Hatto hali maktabga bormaydigan bolalar ham telefondan, internetdan foydalanişni yaxşi biladi. Giyohvand moddalar va kuçli ta’sir etuvçi vositalar ortidan mömaygina daromad topaman, deb xomxayolda yurganlar esa yoşlarning internetni yaxşi bilişidan foydalanib, ularni öz töriga ilintirişi holatlari köp uçrayapti. Ötgan 2023 yilda bu borada voyaga yetmaganlar bilan boğliq 23 ta holatda jinoyat işi qözğatilgan va 56 nafar şaxs tergovga jalb etilgan. Bundan taşqari, giyohvand vositalari savdosi bilan şuğullaniş talabalar örtasida ham köpayib bormoqda. Xususan, ötgan yilda giyohvand vositalari bilan qölga olingan 30 yoşgaça bölgan şaxslarning 97 nafarini talabalar taşkil qilgan.