Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi YTHda halok bo‘lganlar soni oshdi
Dang‘ara tumanida Cobalt yo‘l chetida ketayotgan piyodalarni urib yuborishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan uch kishidan ikki nafari vafot etdi. Shu tariqa, qurbonlar soni 4 nafarga yetdi. Haydovchi qamoqqa olingan.
Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan YTH qurbonlari soni oshdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosabatida ma’lum qilindi.
Viloyat IIBga ko‘ra, 2024 yil 20 fevral kuni fuqaro Sh.V. Cobalt mashinasini “Qo‘qon-Mulkobod-Gulbog‘-Pungan” avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodalarni urib yuborgan. Haydovchi hodisa joyidan yashiringan.
YTH oqibatida O‘.I. va K.I. hodisa joyida vafot etgan. D.I., O‘.Yo. hamda Sh.J. turli darajada tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan D.I. va O‘.Yo. ham olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi Sh.V.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:12
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026