Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Buyuk Britaniya yaqin ikki kun ichida Moskvada terakt sodir etilishi xavfi haqida ogohlantirdi
Bir qancha mamlakatlar o‘z fuqarolariga Moskvada odamlar to‘planadigan joylarga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
Rossiyadagi AQSh elchixonasi yaqin ikki kun ichida Moskvada sodir etilishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirish e’lon qildi.
«Elchixona ekstremistlar yaqin kelajakda Moskvada odamlar yig‘iladigan katta tadbirlarga, jumladan, konsertlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda. AQSh fuqarolariga keyingi 48 soat davomida odamlar to‘planadigan joylarga bormaslik tavsiya etiladi», deyiladi AQSh diplomatik missiyasi xabarida.
Keyinroq, Buyuk Britaniya, Latviya va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday xavf haqida o‘z fuqarolarini ogohlantirdi.
Shu bilan birga, AQSh Davlat departamenti Rossiyaga sayohat qilish xavfini eng yuqori darajaga ko‘tardi.
Rossiya rasmiylari Amerika diplomatik missiyasining bayonotiga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026