Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask televizorlar uchun YouTube muqobilini ishga tushiradi
X ijtimoiy tarmog‘i Amazon va Samsung televizorlari uchun YouTube muqobilini ishga tushiradi.
Ilon Mask egalik qiladigan X ijtimoiy tarmog‘i Amazon va Samsung aqlli televizorlari uchun videoilovani chiqaradi, deb yozdi Fortune kompaniyadagi manbaga tayanib.
Ilova 11 martdan keyin taqdim etiladi. Ko‘rinishidan u televizorlar uchun mo‘ljallangan YouTube ilovasiga o‘xshash bo‘ladi. Ilon Mask foydalanuvchilarni «katta ekranda uzun videolarni» ko‘rishga undamoqchi.
Ta’kidlanishicha, Mask YouTube, Twitch, Signal va Reddit bilan raqobatlashishga qaror qilgan.
Yanvar oyida Maskning kompaniyasi ijtimoiy tarmoq birinchi navbatda videoga e’tibor qaratishini e’lon qildi. Mask, shuningdek, kontent yaratuvchilarni barcha videolarini X tarmog‘iga joylashtirishga chaqirdi va u yerda reklamadan ko‘proq daromad olishlarini da’vo qildi.
2022 yil kuzida Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib oldi va ijtimoiy tarmoq nomini X deb o‘zgartirdi. Shundan so‘ng biznesmen ovozli xabarlar va videoqo‘ng‘iroqlar joriy etilishini e’lon qildi, shuningdek, platformada barcha shaxsiy xabarlarni shifrlash ham joriy etildi. Boshqa narsalar qatorida, kompaniya eToro savdo platformasi bilan shartnoma tuzdi va foydalanuvchilarga kriptovaluta, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar bilan savdo qilish imkoniyatini berdi.
Mavzuga oid
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026