O‘zbekistonda hay-tek uslubida birinchi masjid qurildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Hasanxon qori jome masjidi qayta barpo etildi.

Foto: O‘zA
Qayd qilinishicha, bu O‘zbekistondagi hay-tek uslubida qurilgan birinchi masjid hisoblanadi.
Masjidning avvalgi binosi eskiligi, torligi, kirib-chiqishdagi noqulayliklar va moslashtirilgan binoda joylashgani namozxonlarga qiyinchiliklar tug‘dirayotgan edi. Zamonaviy ko‘rinishda qayta qad rostlagan muhtasham masjidda esa barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Maskanning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diniy ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu masjid ilk bor noan’anaviy, ya’ni, hay-tek uslubida qurilgan. U bir vaqtning o‘zida 4 ming nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Masjid qurilishiga 2021 yilda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, saxovatpesha homiylar hamda ko‘ngilli kishilar ko‘magida hashar yo‘li bilan bitkazilgan. Masjidga Najmiddin Hasanov imom etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
-
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O‘zbekiston | 17:42
-
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi
Jahon | 17:37
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Cobalt’dan tortib BYD Song Plus’gacha bo‘lgan bir qator avtomobillarning narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 17:24
Mavzuga oid

13:41 / 24.02.2023
Masjid tahoratxonasidagi o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21:34 / 15.08.2020
Masjidlarda jamoat namozlari uchun tayyorgarlik ishlari qanday kechmoqda?

14:45 / 23.11.2019
Moskva jome masjididan Kun.uz fotoreportaji

18:50 / 09.10.2019