Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston hukumati delegatsiyasini qabul qildi
Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyurdi.
11 mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan muhim ekanini, shuningdek so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Abdulla Aripov ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Shuningdek, 2022 yil iyun oyida O‘zbekistonda oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalq manfaatlariga to‘la javob berishini qayd etdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
16:26 / 05.06.2025