Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish choralari belgilandi
Sport vazirligi huzurida Og‘ir atletika markazi tashkil etiladi. Og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha turli darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi.

Foto: Getty Images
«Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yildan har yili an’anaviy tarzda quyidagilar o‘tkaziladi:
- og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;
- og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati;
- og‘ir atletika bo‘yicha Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;
- og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha davlat sport-ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi.
Sport vazirligi huzurida o‘z faoliyatini 2025/2026 o‘quv yilidan boshlovchi Og‘ir atletika markazi (Markaz) tashkil etiladi.
2024 yil 1 sentabrgacha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi og‘ir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlab boriladi.
2024 yil 1 sentabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o‘smirlar sport maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda og‘ir atletika sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin
Jahon | 20:39
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
-
O‘zbekiston Yaponiyada o‘tkaziladigan Expo 2025 ko‘rgazmasida «Bilimlar bog‘i» paviloni bilan qatnashadi
O‘zbekiston | 19:52
-
Tramp avjiga chiqmoqda: «Bojlar urushi»da AQSh Xitoyni yenga oladimi?
Jahon | 19:30
Mavzuga oid

17:24 / 16.12.2024
O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi

22:54 / 14.12.2024
Ruslan Nurudinov o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi

23:12 / 16.09.2023
Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev jahon chempioni, Ruslan Nuriddinov ikkinchi bo‘ldi

12:53 / 22.03.2022