AQSh avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi
Amerika hukumati transportni elektrlashtirishni tezlashtirish niyatida.

Foto: AP
Prezident Jo Bayden AQSh tarixidagi eng qat’iy ekologik standartlarni joriy etishga tayyor. Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) yangi emissiya standartlari ishlab chiqilganini e’lon qildi. Dastur 2027 yildan 2032 yilgacha bo‘lgan davrda zararli moddalar chiqindilarini deyarli 50 foizga qisqartirishni nazarda tutadi. Qonun loyihasida ichki yonuv dvigatellariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq yo‘q, biroq 2032 yilga borib, azot oksidi va organik gazlar chiqindilari ikki barobarga kamayishi kerak. Bu haqda The New York Times yozdi.
Prezident Bayden elektromobillarga mehri o‘zgacha ekanini yashirmayapti va hozirgi ma’muriyat atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini keskin kuchaytirish uchun harakat qilmoqda.
AQSh prezidenti o‘z oldiga maqsad qo‘ygan: 2030 yilga borib, yangi yengil avtomobillar va yengil tijorat avtomobillarining yarmi ichki yonuv dvigatellaridan voz kechishi kerak. Baydenning asosiy raqibi Donald Tramp esa aksincha, agar Oq uyga qaytsa, iqlim dasturlarini bekor qilishga va’da beryapti.
Elektr transport vositalarining yangi avtomobillar sotuvidagi ulushi qanday bo‘lishi kerakligi EPA hujjatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, tashkilot yashirmaydi: yengil avtomobillarning 30 dan 56 foizigacha va o‘rta yuk mashinalarining 20 dan 32 foizigacha to‘liq elektr energiyasiga o‘tishi kerak.
New York Times gazetasiga ko‘ra, aslida qonun loyihasidan hozirgi ko‘rinishida hech kim mamnun emas. Ekologiya faollari qonun loyihasi avtomobil sanoati va yirik neft kompaniyalari bosimi ostida yozilgan deb qoralamoqda. Ular ekostandartlarning yanada kuchaytirilishini talab qilmoqda.
Respublikachilar qonun loyihasiga qarshi sud jarayonini boshlash niyatida. EPA vakilining ta’kidlashicha, atrof-muhit standartlarini kuchaytirish yillik sog‘liqni saqlash xarajatlarini 13 milliard dollarga, benzin va dizel yoqilg‘isi xarajatlarini 46 milliard dollarga tejash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
-
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 12:47
Mavzuga oid

13:30
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu

18:19 / 23.04.2025