Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orban korrupsiyada, muxolifatchi oilaviy zo‘ravonlikda ayblanmoqda: Vengriyada yirik mojaro avj olmoqda
26 mart seshanba kuni vengriyalik muxolifatchi Peter Madyar sobiq adliya vaziri Yudit Varga ovozi tushirilgan yozuvni ochiqladi, unda mulozim mamlakatdagi korrupsiyani yashirish uchun til biriktirganini tasdiqlagan. Audiofayl Budapesht prokuraturasiga topshirilgan.
Audioyozuvda qayd etilishicha, hukumat a’zolari prokurorlar orqali sud bayonnomalaridan korrupsion biznes operatsiyalarda o‘zlarining ishtiroki to‘g‘risidagi dalillarni yo‘q qilishgan, deb yozadi Associated Press.
Biroq, sobiq adliya vaziri Yudit Varga korrupsiyani yashirish faktini rad etmoqda. U Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bu bayonotni o‘sha paytda turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Peter Madyar talabiga ko‘ra aytganini ta’kidlagan. U sobiq erini oilaviy zo‘ravonlik va manipulyatsiya qilishda ayblagan.
«Men tezroq undan qutilish uchun u eshitishni istagan narsani so‘zlashga majbur bo‘lganman. Bunday vaziyatda har qanday qo‘rquv ostida inson o‘zi istamagan narsalarni gapirishga majbur bo‘ladi», — deb yozgan Varga.
Keyinroq Peter Madyar o‘zining sobiq rafiqasining ayblovlarini rad etgan.
Qayd etib o‘tish kerakki, muxolifatchi fevral oyida YouTube’dagi Partizan kanaliga intervyu berganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. O‘shanda u Orban hukumati muxolifatdagilarga nisbatan informatsion tuhmat kampaniyalaridan foydalanayotganini gapirib bergan edi. Yaqinda Peter Madyar amaldagi hukumatga raqobatchi bo‘luvchi o‘z partiyasini tuzishni e’lon qildi.
Yudit Varga Vengriya adliya vaziri bo‘lib ishlagan, biroq davlat mehribonlik uyida bolalar ustidan zo‘arovonlikni yashirgan insonning afv qilinishi ortidan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.
Bu insonni amnistiya qilishni sobiq prezident Katalin Novak ham imzolagan. U ham iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026