Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
VEON “Beeline Qirg‘iziston”dagi ulushini sotmoqda
VEON holdingi Qirg‘izistonda Beeline aloqa operatoridagi 50,1 foizlik bilvosita ulushlarini CG Cell Global konglomerati tuzilmasidagi kompaniyaga sotmoqda. Izohlanishicha, holding asosiy e’tiborini o‘zi faoliyat yuritayotgan kattaroq bozorlarga qaratmoqchi.

Foto: Yelena Afonina / TASS
VEON telekommunikatsiya xoldingi “Beeline Qirg‘iziston” kompaniyasidagi ulushini CG Corp Global konglomeratiga tegishli CG Cell Technologies'ga sotish bo‘yicha bitim tuzganini ma’lum qildi.
VEON “Beeline Qirg‘iziston”ning 50,1 foiz ulushiga bilvosita egalik qiladi. Oldi-sotdi jarayonini yakunlash muddatlari ochiqlanmagan. Bitimni Qirg‘iziston regulyatori ma’qullashi kerak.
Kelishuv qiymati ham ma’lum qilinmadi. Shu bilan birga, VEON'ning qayd etishicha, butun korxona 2023 yil uchun 3,4 x EBITDA'da baholangan. Beeline'ning Qirg‘izistondagi EBITDA qiymati 2023 yilda 15 foizga oshib, 22 mln dollarni tashkil etgan. “Beeling Qirg‘iziston”ning 2023 yildagi daromadlari 13,1 foizga oshib, 56 mln dollarga yetgan.
VEON bu sotuvni holding tarkibini maqbullashtirish va asosiy e’tiborni kompaniya faoliyat yuritayotgan kattaroq bozorlarga qaratish maqsadi bilan izohladi.
Beeline – Qirg‘izistonda mobil aloqa xizmalarini taqdim etuvchi uchta yirik operatordan biri. Qo‘shni respublikada bu bozorda O! va Megacom provayderlari ham faoliyat yuritadi.
Niderlandiyada ta’sis etilgan VEON telekommunikatsiya shirkati 6 ta mamlakat – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston (bu uchala mamlakatda – Beeline), Ukraina (Kyivstar), Pokiston (Jazz) va Bangladeshda (Banglalink) mobil aloqa va internet xizmatlarini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda Beeline aloqa operatorining yuridik shaxsi – “Unitel” MChJning 70 foiz ulushi VEON Uzbekistan Holding B.V., 30 foizi VEON Central Asia B.V. kompaniyalariga tegishli.
VEON'ning eng yirik aksioneri – 47,9 foiz ulushga egalik qiluvchi LetterOne kompaniyasidir. Yana 8,3 foiz aksiya Niderlandiyada joylashgan trast fondiga tegishli. VEON'ning qolgan 43,8 foiz aksiyalari NASDAQ va Euronext birjalarida erkin muomalada aylanadi.
Lyuksemburgda joylashgan, texnologiyalar, sog‘liqni saqlash va energetika sohalarida ham aktivlarga ega LetterOne investitsiya holdingiga rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman va Pyotr Aven asos solgan. Ular Rossiya Ukrainaga hujum boshlagach, 2022 yil mart oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragach, LetterOne'ni tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 08:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi
Jahon | 07:52
-
Xivada an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 07:41
-
Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

18:19 / 10.07.2025