Prezident jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga aholi gavjum bo‘ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasini qo‘ydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyatining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi yirik obektlarida, shu jumladan savdo-ko‘ngilochar majmualar, bog‘lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlarining tashkil etilishi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish idoralari va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik sub’yektlarining bu borada to‘laqonli hamkorlik qilishini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
Sport | 10:12
-
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
Sport | 09:17
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
Mavzuga oid

16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024