
Fahrettin Altunning qayd etişiça, Turkiya 1946 yilda köppartiyaviylik joriy qilinganidan beri muntazam, adolatli va şaffof saylovlar ötkazilgan mamlakatlar röyxatining boşida kelmoqda.
“Adolatli, şaffof va muntazam saylovlar – zamonaviy demokratik davlatlarning eng asosiy unsuridir. Demokratiyanıng minimal şarti şundan iboratki, boşqaruvçilar öz vakolatlari va hokimiyat kuçini saylovçilardan, ya’ni boşqariluvçilardan oladilar. Bu vakolatlar muntazam ötkazilib boriladigan saylovlar orqali yangilanib boradi. Saylovlar orqali saylovçilar öz nomzodlarining siyosati va faoliyatiga ovoz beradi, ularni ijobiy yoki salbiy ma’noda baholaydi”, – deya yozadi professor.
Turkiyada ertaga – 31 dekabr, yakşanba kuni mahalliy hokimiyat organlari uçun saylovlar bölib ötadi. Uning muhim jihatlaridan biri – bu saylovlardan keyin 4 yil davomida Turkiyada boşqa yangi saylovlar bölmaydi.
“Bundan taşqari, “Turkiya asri”ga yangi va fuqarolik konstitutsiyasi bilan kiriş maqsadi kelgusi 4 yilning eng muhim ideali va kun tartibi böladi. Uşbu qaraş doirasida Turkiya demokratik standartlarini yuksaltirgan, daromad va farovonlik darajasini oşirgan, mintaqaviy va global aktyor böliş da’vosi bilan “Turkiya asri”ni barpo etiş uçun harakat qilişda davom etadi. Turk dunyosida mintaqaviy hamkorlik va şeriklik aloqalarini oşiriş orqali “Turkiya asri”ning “Turkiy dunyo asri”ga aylanişini ta’minlaş bu davrda ham ustuvor vazifalarimiz bölib qoladi.
Bizning eng asosiy siyosiy şiorimiz – Turkiy Davlatlar Taşkilotining yanada muhim ahamiyatga ega bölişi va turk dunyosi muammolariga doimiy yeçim topişda yanada ta’sirli va samarali bölişiga erişişdir. Qolaversa, Turkiyaning, avvalo FETO va IŞID kabi terroristik taşkilotlariga qarşi kuraşini ham qamrab olgan siyosiy xassos masalalarda döst va qardoş turkiy davlatlardan eng asosiysi bahamjihatlik körsatişlarini kutib qolamiz”, – deydi Fahrettin Altun.
Uning qayd etişiça, 31 mart kungi saylovlar Turkiyaning barça viloyatlarini, ayniqsa Istanbul va Anqara kabi şaharlarini “Turkiya asri”ga tayyorlaydi. Saylovdan keyingi eng muhim vazifalarimizdan biri – milliy taraqqiyot, 6 fevraldagi zilziladan zarar körgan şaharlarni tiklaş va qayta quriş, Istanbul kabi zilzila xavfi yuqori bölgan şaharlarni çidamli şaharlarga aylantiriş böladi.
“Turkiya bundan buyon ham şu paytgaça bölganidek, saylovlarni demokratik tamoyillar doirasida ötkazadi, amaldagi hukumati ham, muxolifati ham birdek saylov natijalariga hurmat bilan qaraydi va eng muhimi xalqaro maydonda barqarorlaştiruvçi kuç sifatida “Turkiya asri”ni barpo etişda davom etadi. Şuning uçun ham 31 mart kuni bölib ötadigan mahalliy boşqaruv organlariga saylovlarni içki va taşqi dinamikasi jihatidan Turkiyaning kelajakdagi ön yillik marralariga eltişga qodir bir saylov deyiş mumkin”, – deya ta’kidlagan Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği.












