Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Rossiya-Ukraina uruşini hal qiliş şartini aytdi. Turkiya TIV rahbari 3 noyabr, yakşanba kuni Hurriyet gazetasiga bergan intervyusida: «Uruşga adolatli yeçim Ukrainaning hududiy yaxlitligi doirasida topilişi kerak», dedi. Ikkala davlat ham mağlub bölib qolişni istamaydi, Turkiya tomoni esa Ukraina va Rossiya Federatsiyasi rasmiylari örtasida umumiy pozitsiyalarni qidirişda davom etmoqda, deya aniqlik kiritdi u.

«Biz har ikki tomon bilan ham alohida munosabatdamiz. Biz ularni tinglaşdan boş tortmaymiz. Döst faqat rostini gapiradi, biz ham şunday qilyapmiz», — deya qöşimça qildi Fidan. Unga köra, 2025 yilda ehtimol, «yangi vaziyat» yuzaga keladi. U kelasi yili urişayotgan tomonlar Turkiya vositaçiligida murosaga kelişlari mumkinligini nazarda tutgan bölişi mumkin.

Lavrov Turkiyani Ukrainaga qurol yetkazib bergani uçun tanqid qildi

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyani Ukrainaga qurol yetkazib bergani uçun tanqid qildi. «Afsuski, Anqara «Kiyev rejimi» bilan harbiy-texnik sohada hamkorlikni davom ettirmoqda, turk qurollari Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan rossiyalik harbiy xizmatçilar va tinç aholi vakillarini öldirişda qöllanmoqda», — dedi Lavrov 1 noyabr kuni Turkiyaning Hurriyet gazetasiga bergan intervyusida.

Uning fikriça, Turkiyaning bunday harakatlari Ukrainadagi «harbiy mojaro»ni hal etişda vositaçilik qilişga tayyorligiga zid keladi. Şu bilan birga, u Rossiya Federatsiyasi «Turkiyaning Ukraina inqirozini hal qiliş böyiça sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaşini» ta’kidladi va 2022 yil bahorida Istanbulda bölib ötgan muzokaralarni, şuningdek, Ukrainadan ğalla eksporti böyiça kelişuvni esladi.