Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qudalari bo‘g‘irsoq bilan kutiladigan ovul - Xorezm
Kun.uz yurtimizning olis hududlaridagi odamlar hayoti, turmush-tarzi bilan tanishishda davom etadi. Galdagi manzilimiz Qo‘ng‘irot tumanining Xorezm ovuli bo‘ldi. Ahil va totuvlikda yashayotgan yuzdan ortiq xo‘jalik ahli turmushlaridan nolimaydi. Ovuldagi urf-odat va an’analar sizni befarq qoldirmaydi deb o‘ylaymiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi Xorezm ovuli ayollari Navro‘z bayramida go‘ja osh qilish uchun kelida jo‘xori tuyishadi. Tuyilgan jo‘xorini tozalab, g‘alvirda saralab olishadi. Chiqqan mayda jo‘xori bo‘laklarini tovuqlarga yemish sifatida olib qo‘yib, saralanganidan esa go‘ja osh qilishar ekan.
Bog‘cha mudirasining aytishicha, qishloq bog‘chasida 25 ta bola tarbiyalanadi. Qishloq kishilari ham «bizda ko‘p yangilik bor, yangi maktab, yangi bog‘cha qurildi», deb mamnun gapirishdi. Bog‘chada barcha sharoitlar bor, 50 ta bolaga mo‘ljallangan yangi guruh ham ochilyapti ekan. Yaqinda yana bir bog‘cha qurilishini ham aytib o‘tishdi.
Chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Bahodir aka shu qishloqda tug‘ilib o‘sgani, fermerlik ham qilganini, dehqonchilik uchun eski traktori borligini samimiylik bilan aytadi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025