09:47 / 02.04.2024
10172

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

Rustam G‘ofurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Bugun, 2 aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada deputatlar Rustam G‘ofurovni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Rustam G‘afurov 1984 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston bank akademiyasi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Kitob tumaniga 2022 yilning iyun oyidan beri O‘ktam Pardayev hokimlik qilib kelayotgandi

 

Top