Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi farzandni chet elga olib chiqishda rozilik xatini olish uchun notariusga borish shart bo‘lmaydi
Fuqarolar onlayn ravishda E-notarius.uz axborot portalidagi kataklarni to‘ldirib, so‘ng notarius bilan video-konferens-aloqa orqali jarayonni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty Images
Endilikda farzandni chet elga olib chiqish uchun notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoning istalgan joyidan onlayn rasmiylashtirish mumkin. Bu haqda Kun.uz’ga Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.
Bu uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi;
- avtorizatsiya oynasiga ID karta ma’lumotlarini kiritadi;
- video-konferens-aloqa orqali rasmiylashtirish tilini o‘zbek tilida tanlab, telefon raqamini kiritadi va Yaratish tugmasini bosadi;
- “xorijga chiqayotgan farzand”ni belgilab, “Keyingi” tugmasini bosadi;
- farzand qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotgani belgilanadi;
- “Maqsadi” degan katakka “Sayohat” deb belgilab chiqish va qaytish muddatlari kiritiladi va “Keyingi” tugmasi bosiladi;
- farzandga hamrohlik qiluvchi shaxsning ma’lumotlari kiritilib, tasdiqlanadi;
- tizim avtomatik ravishda tanlagan notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida video-konferens-aloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
“Fuqarolar ushbu notarial harakatni uyidan yoki ish joyidan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefoni orqali 15 minutda rasmiylashtirishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

12:25 / 01.07.2024
Notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi

18:16 / 18.01.2024
Avtomobilni notariusga bormasdan sotish imkoniyati joriy qilindi

13:28 / 16.12.2023
Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi yengillashtirilmoqda

10:27 / 10.10.2023