Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda fuqaroni pul evaziga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U 11 ming dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida fuqaroni Davlat xavfsizlik xizmatiga (DXX) ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, Xo‘jayli tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan K.J. aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni DXX organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 11 ming dollar talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ulardan jami 65 ming dollar olgani ham aniqlandi.
Ta’kidlanishicha, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 5 marotaba sudlangan. Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026