Qozog‘istonda milliarderlar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga «biriktiriladi»
Prezident To‘qayev boy tadbirkorlarning tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga yordam berishini ma’lum qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev toshqindan jabr ko‘rgan har bir viloyat, tuman va qishloqlarga mahalliy milliarderlarni biriktirmoqchi. Bu haqda davlat rahbari Tobol shahridagi tezkor shtabda Qo‘stanoy viloyati aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Bizda Forbes ro‘yxatiga kiritilgan juda boy tadbirkorlar bor. Biz ular bilan gaplashib, har bir viloyat, tuman, qishloqqa nomma-nom biriktiramiz», dedi To‘qayev.
Prezident bu chora ishbilarmonlar manfaatiga mos ekanini, ular o‘z yordami samarasini ko‘rishini, davlatning e’tiboridan chetda qolmasligini ta’kidladi.
To‘qayev qozog‘istonlik oligarxlarga yordam so‘rab birinchi marta murojaat qilayotgani yo‘q. 2022 yil yanvardagi tartibsizliklardan so‘ng, prezident topshirig‘iga ko‘ra «Qozog‘iston xalqiga» jamg‘armasi tuzilib, unga yirik tadbirkorlar va korxonalar o‘z hissalarini qo‘shgan edi.
Qozog‘istondagi hozirgi suv toshqinlari so‘nggi 80 yildan ortiq vaqt ichida sodir bo‘lgan eng yirik tabiiy ofatdir. Respublikaning bir qator viloyatlarida favqulodda holat e’lon qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyi boshidan buyon xavfli hududlardan evakuatsiya qilinganlar soni 117 ming kishiga yetgan.
Misli ko‘rilmagan suv toshqinlari sababli Qozog‘istonda davlat darajasidagi yirik tadbirlar, xalqaro konferensiya va forumlar bekor qilindi. Bu budjet mablag‘larini tejash va toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga yo‘naltirish bilan izohlandi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
Mavzuga oid
19:13 / 21.01.2025
Qozog‘istondan yerosti quvuri orqali O‘zbekistonga benzin tashigan shaxslar ushlandi
17:06 / 20.01.2025
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
18:06 / 19.01.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini 6 oyga to‘xtatdi
00:18 / 18.01.2025